Anton Pavlovich Chexov nomidagi Yalta teatri

Anton Pavlovich Chexov nomidagi Yalta teatri — Yalta shahri Yekaterininskaya koʻchasida joylashgan teatr[1]. 2018-yildan Qrim Respublikasi Davlat akademik musiqali teatri boshqaruviga oʻtkazilgan.

Anton Pavlovich Chexov nomidagi Yalta teatri
Manzili Qrim, Yalta, Yekaterininskaya ko‘chasi
Turi Teatr
Website
http://theatreyalta.com/

Tarix tahrir

1883-yilda qurilgan 315 oʻrinli birinchi teatr binosi. Bino qurilgan paytda toʻliq yogʻochdan iborat boʻlgan. Teatr qurilishi faxriy fuqaro Foka Aronovich Begun mablagʻ ajratgan. Biroq, besh yillik hujjatlar shuni koʻrsatdiki, teatr zarariga ishlagan. Topilgan daromad xarajatlarni qoplamadi.

Bino 2 qavatdan iborat boʻlib keng zal, bilyard xonasi, kassa, 2 ovqat xonasi va auditoriyaga boʻlingan.

1888-yilda Semyon Novikov binoning egalik huquqini ijaraga oldi.

1900-yilda teatr hududida yongʻin sodir boʻldi va bino butunlay yonib ketdi.

1908-yilda 700 tomoshabinga moʻljallangan yangi teatr binosi qurildi.

1944-yilda teatr fashist bosqinchilari tomonidan yoqib yuborilgan. Yongʻin mahalliy aholi tomonidan oʻchirildi. Shu paytdan boshlab teatr Chexov nomini oldi.

1996-yilda teatrni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

2008-yilda restavratsiya uchun pul ajratgan xayriyachi Aleksandr Lebedev tufayli teatr oʻz faoliyatini qayta boshladi.

2016-yil may oyida Anton Pavlovich Chexov nomidagi Yalta teatri sayyohlar eʼtiboriga molik joylar oʻrtasida oʻtkazilgan „Rossiya moʻjizalari“ Butunrossiya festival-tanlovida „tarixiy, meʼmoriy, diniy obidalar va muzeylar“ nominatsiyasida gʻolib boʻldi[2].

Qrim Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018-yil 23-avgustdagi buyrugʻi bilan teatr Qrim Respublikasi Davlat akademik musiqali teatri boshqaruviga oʻtkazildi[3].

Tarixiy binoni rekonstruksiya qilish tahrir

Teatrni qayta tiklash va qayta qurish gʻoyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tegishli edi[4]. Qayta qurish Rossiyaning Milliy zaxira korporatsiyasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirildi.

2007-yil iyul oyida teatrni rekonstruksiya qilish boʻyicha qurilish ishlari boshlanganidan beri N. S. Rudnik teatr direktori lavozimiga tayinlandi[5].

2008-yil 14-martda rekonstruksiya qilingan teatrning ochilishi boʻlib oʻtdi.

Manbalar tahrir

  1. „Ялтинский театр имени А. П. Чехова.“. 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-aprel.
  2. „Ялтинский театр имени А.П. Чехова стал победителем в одной из номинаций Всероссийского конкурса «Диво России»“. Правительство Республики Крым. Qaraldi: 2016-yil 16-dekabr.
  3. „Ялтинское отделение Государственного автономного учреждения Республики Крым «Государственный академический музыкальный театр Республики Крым» «Ялтинский театр имени А. П. Чехова»“. 2023-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-may.
  4. „История «Ялтинского театра им. А. П. Чехова»“. — „В 1996 году театр остро нуждается в капитальном ремонте и его закрывают. Театр погрузился в 10-летнюю кому. Идея возрождения и реконструкции театра принадлежала Президентам России и Украины Владимиру Путину и Леониду Кучме.“. 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  5. Анна Хорошко. Спасибо, театр, что ты есть!.. // Иные берега : журнал. — 2013. — Andoza:Бсокр. Архивировано 21 fevral 2020 года.