Antropopopatizm
Antropopatizm - (yunoncha - odam va ehtiros, mayl) - odam psixikasi xususiyatlari hayvonlarga, o‘simliklarga va tabiat hodisalariga o‘tadi deb tasavvur qilish. Bu terminni 19-asr oxirlarida nemis etnografi F.Shulse fetishizm mohiyatini ifodalash uchun qo‘llagan, biroq ilmiy adabiyotda kamdan-kam ishlatiladi. Maʼnosi jihatdan yaqinroq bo‘lgan antropomorfizm termini ko‘proq qoʻllanadi. Antropopatizm timsol, personifikasiya, animizm kabi tushunchalarga ham oʻxshab ketadi[1].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |