Anuradhapura qirolligi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Anuradhapura qirolligi (Singalcha: අනුරාධපුර රාජධානිය, Anurādhapura Rājadhāniya, Tamil: அனுராதபுர இராச்சியம்) — Shri-Lanka va singal xalqi orasida tashkil etilgan tarixdagi dastlabki qirollik. Miloddan avvalgi 377-yilda qirol Pandukabxayya tomonidan asos solingan, garchi vaqti-vaqti bilan bir nechta mustaqil hududlar paydo boʻlgan boʻlsa ham qirollikning hokimiyati butun mamlakat boʻylab oʻz hukmini oʻtkazgan, qirollikning oxirgi davrlariga kelib koʻplab viloytlar mustaqil davlat sifatida oʻz faoliyatini yuritgan. Shunga qaramay, Anuradhapura shohi butun Anuradhapura davrida mamlakatning oliy hukmdori sifatida tan olingan. Buddizm Anuradhapura davrida kuchli rol oʻynagan[4], uning madaniyati, qonunlari va boshqaruv uslublariga taʼsir koʻrsatgan[5].
Anuradhapura අනුරාධපුර රාජධානිය (singalcha) | |||||||
| |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Poytaxti | Anuradhapura | ||||||
Til(lar)i | Singal tili Tamil tili | ||||||
Dini | Hinduiylik, Buddizm[2][3] | ||||||
Maydoni | 65,610 | ||||||
Boshqaruv shakli | Mutlaq monarxiya | ||||||
- mil. avv 377-367 | Pandukabhaya | ||||||
- 982-1017 | Mahinda V | ||||||
Tarix | |||||||
- mil. avv 377-yil | Asos solingan | ||||||
- milodiy 1017-yil | Tugatilgan | ||||||
Anuradhapura davrida Janubiy Hindiston hududlarga koʻplab bosqinlar boʻlib turgan. Duttagamani, Valagamba va Dxatuzena kabi hukmdorlar janubiy hindularni magʻlubiyatga uchratib, qirollik boshqaruvini qaytarib olganliklari bilan tarixda ajralib turadi. Harbiy yutuqlari bilan ajralib turadigan boshqa hukmdorlar orasida bosqinchilarga qarshi kurash boshlagan Gajabaxu I va Pandyan shahzodasiga yordam berish uchun oʻz qoʻshinlarini yuborgan Sena II bosqinga qarshi kurashgan kam sonli odamlar sirasiga kiradi.
Anuradhapura shahri
tahrirMiloddan avvalgi 543-yilda shahzoda Vijaya (miloddan avvalgi 543-505) Shri-Lankaga vatani Hindistondan haydab yuborilgan. Oxir-oqibat u orolni oʻz nazorati ostiga oldi va oʻzini qirol sifatida tan oldirdi. Shundan soʻng, uning tarafdorlari butun mamlakat boʻylab qishloqlar va koloniyalar yaratdilar. Ulardan biri Kolon deb nomlangan ariq boʻyida qirol Vijayaning vaziri Anurada tomonidan tashkil etilgan va unga keyinchalik Anuradhagama nomi berilgan[6].
Miloddan avvalgi 377-yilda qirol Pandukabxaya (miloddan avvalgi 437–367) uni oʻz poytaxtiga aylantirib, obod shaharga aylantirdi[7][8]. Anuradhapura (Anurapura) qishloqni birinchi marta tashkil etgan vazir va u yerda yashagan Pandukabxayaning bobosi nomi bilan atalgan. Bu nom shaharning Anura deb nomlangan xayrli asterizmda tashkil topganligidan ham olingan[9]. Anuradhapura Anuradhapura qirolligida mamlakatni boshqargan barcha monarxlarning poytaxti edi, faqat Kashyapa I (473–491) bundan mustasno, u Sigiriyani poytaxt qilib tanlagan[10]. Shahar Ptolomeyning dunyo xaritasida ham belgilangan[11].
Tarix
tahrirAnuradhapura qirolligining asoschisi va birinchi hukmdori boʻlgan qirol Pandukabxaya mamlakatda qishloq chegaralarini oʻrnatgan va qishloq boshliqlarini tayinlash orqali boshqaruv tizimini oʻrnatgan. U zohidlar, kambagʻallar uchun uylar, qabristonlar barpo etdi. U mamlakatning katta qismini Anuradhapura qirolligi nazorati ostiga oldi Biroq, Duttagamani hukmronligi davrida (miloddan avvalgi 161-137) faqatgina butun mamlakat Anuradhapura podsholigi ostida birlashtirildi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Sri Lanka’s National Flag“. The Sunday Times (2008-yil 3-fevral). Qaraldi: 2009-yil 4-iyul.
- ↑ De Silva 2014, s. 58.
- ↑ „The downfall of the Anuradhapura kingdom and South Indian influences“. 2018-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-yanvar.
- ↑ Buddhism was such an important factor in this period that Mendis (2000), p.196 asserts, "The island of Lanka belonged to the Buddha himself; it was like a treasury filled with the three gems".
- ↑ Perera (2001), p.45
- ↑ Wijesooriya (2006), p. 20
- ↑ Blaze (1995), p. 19
- ↑ Yogasundaram (2008), p. 41
- ↑ Wijesooriya (2006), p. 27
- ↑ Bandaranayake (2007), p. 6
- ↑ Mendis (1999), p. 7
Bibliografiya
tahrir- De Silva, K. M.. A history of Sri Lanka, [Revised.], Colombo: Vijitha Yapa Publications, 2014. ISBN 978-955-8095-92-8.
- Bandaranayake, Senake. Sigiriya. Central Cultural Fund, 2007. ISBN 978-955-613-111-6.
- Basnayake, H. T.. Sri Lankan Monastic Architecture. Sri Satguru Publications, 1986. ISBN 978-81-7030-009-0.
- Blaze, L. E. The Story of Lanka. Asian Educational Services, 1995. ISBN 978-81-206-1074-3.
- Codrington, H.W.. Ceylon Coins and Currency. Asian Educational Services, 1994. ISBN 978-81-206-0913-6.
- Ellawala, H.. Social History of Early Ceylon. Department of Cultural Affairs, 1969.
- Fernando, G. S.. සිංහල සැරසිලි—Sinhala Sarasili (Sinhala). M. D. Gunasena and Company, 2001. ISBN 978-955-21-0525-8.
- Gooneratne, W.; Hirashima, S.. Irrigation and Water Management in Asia. Sterling Publishers, 1990.
- Lokubandara, W. J. M.. The Mistique of Sigiriya — Whispers of the Mirror Wall. Godage International Publishers, 2007. ISBN 978-955-30-0610-3.
- Ludowyk, E. F. C.. The Story of Ceylon. Navrang Booksellers & Publishers, 1985. ISBN 978-81-7013-020-8.
- Mendis, Ranjan Chinthaka. The Story of Anuradhapura. Lakshmi Mendis, 1999. ISBN 978-955-96704-0-7.
- Mendis, Vernon L. B.. The Rulers of Sri Lanka. S. Godage & Brothers, 2000. ISBN 978-955-20-4847-0.
- Moratuwagama, H. M.. සිංහල ථුපවංසය—Sinhala Thupavansaya (Sinhala). Rathna Publishers, 1996. ISBN 978-955-569-068-3.
- Nicholas, C. W.; Paranavitana, S.. A Concise History of Ceylon. Colombo University Press, 1961.
- Perera, Lakshman S.. The Institutions of Ancient Ceylon from Inscriptions. International Centre for Ethnic Studies, 2001. ISBN 978-955-580-055-6.
- Rambukwelle, P. B.. Commentary on Sinhala Kingship — Vijaya to Kalinga Magha. Sridevi Printers, 1993. ISBN 978-955-95565-0-3.
- Sastri, K. A. The CōĻas. Madras: University of Madras [1935], 2000.
- Seneviratna, Anuradha. The Springs of Sinhala Civilization. Navrang Booksellers & Publishers, 1989. OCLC 21524601.
- Siriweera, W. I.. History of Sri Lanka. Dayawansa Jayakodi & Company, 2004. ISBN 978-955-551-257-2.
- Siriweera, W. I.. A Study of the Economic History of Pre Modern Sri Lanka. Vikas Publishing House, 1994. ISBN 978-0-7069-7621-2.
- Wijesooriya, S.. A Concise Sinhala Mahavamsa. Participatory Development Forum, 2006. ISBN 978-955-9140-31-3.
- Yogasundaram, Nath. A Comprehensive History of Sri Lanka. Vijitha Yapa Publishers, 2008. ISBN 978-955-665-002-0.
- Spencer, George W. (May 1976). "The Politics of Plunder:The Cholas in Eleventh-Century Ceylon". The Journal of Asian Studies 35 (3): 405–419. doi:10.2307/2053272. https://archive.org/details/sim_journal-of-asian-studies_1976-05_35_3/page/405.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |