Anvar Hojiahmedov
Anvar Hojiahmedov — (1931-yil, 19-fevral, Toshkent) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1974), professor (1979).
Faoliyati
tahrirToshkent davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini bitirgan (1949). Toshkent davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston MIlliy univeristeti) oʻzbek adabiyoti kafedrasida aspirant (1959), oʻzbek adabiyoti, oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedralarida dotsent, professor, kafedra mudiri (1984—1995).
Asarlari
tahrir„Adabiyotlarimiz hamkorligi tarixidan“ (1966), „Aruz nazariyasi asoslari“ (1982), „Oʻzbek aruzi lugʻati“, „Sheʼriy sanʼatlar va mumtoz qofiya“ (1998), „Maktabda aruz vaznini oʻrganish“ (1978), „Aruz vaznidagi asarlarni ifodali oʻqish“ (1998), „Maktabda oʻrganiladigan mumtoz sheʼriyatning vazn koʻrsatkichlari“ (2001), „Bahru-bayt musobaqalari uchun matnlar“ (2005) va boshqa koʻplab kitob va qoʻllanmalari chop etilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 162-bet.