Anvar Sobirov (24-iyul 1976-yil, Xorazm, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori va xonandasi.

Anvar Sobirov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Sobirov Anvar Karimovich
24-iyul 1976-yil (1976-07-24) (47 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, xonanda
Janr Pop
Faoliyat yillari 2002-yildan hozirgacha

Hayoti

tahrir

Anvar Sobirov 1976-yil 24-iyulda Xorazm viloyatining Urganch shahrida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Ota-onasi asli Xiva shahrilik boʻlishgan[1]. Uning akalari Murod Sobirov[2] va xonanda Ogʻabek Sobirov[3].

Dastlab, „Komiljon Otaniyozov“ nomidagi 1-son bolalar musiqa maktabida doira cholgʻusini oʻrganadi. 7-yoshidan boshlab esa toʻylarda doira ijro qiladi[1]. 1995–1999-yillarda „Matyusuf Xarratov“ nomidagi Urganch musiqa bilim yurtida anʼanaviy xonandalik yoʻnalishida[4], 2007–2011-yillarda „Abdulla Qodiriy“ nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti) ijtimoiy madaniy faoliyat yoʻnalishida tahsil olgan[5][6]. Talabalik davrida doira cholgʻusi bilan hamnafas boʻlib, ustozlari bilan qoʻshiqlar ham kuylagan[7]. 2024-yildan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda[5].

Xonandalik faoliyati

tahrir

Anvar Sobirov 2002-yilda ilk marta estrada yoʻnalishida „Voha-voha“ nomli qoʻshiq ijro etgan va bu qoʻshiq mashhurlikka erishgan. Ilk konsertini esa 2005-yil Istiqlol sanʼat saroyida bergan. Bundan keyin 2011-yilda Istiqlol sanʼat saroyida “Koʻzimga toʻtiyo Vatan tuprogʻi“ nomli[7], 2014-yilda „Ayyoming muborak elim“ nomli konsertlar qoʻygan[8].

2015-yilda O‘zbeknavo estrada birlashmasi Anvar Sobirovni „ma’naviyat targ‘iboti borasidagi darslarga qatnashmaganligi uchun“ litsenziyasini bekor qilgan[9][10]. Lekin shu yilning yakunida litsenziyasini qaytarib olgan[11][12].

Ijro etgan qoʻshiqlari
Nomi Shoir Bastakor Yil Izoh Manba
Voha-voha 2002
Rotalla
Seni sevdim
Xayr
Muhabbat
Alam qilarkan Tohir Muhammad Jasur Javhanazarov 2015 [13]
Jiyda guli Soundtrack
Xayr yorim Begona bahor filmiga soundtrack
Shuba 2019 [14]

Aktyorlik faoliyati

tahrir

Anvar Sobirov birinchi marta 2005-yilda rejissyor Ibrohim Rasulov tomonidan Begona bahor nomli filmda suratga tushgan. Uning filmdagi hamkori aktrisa Nargiza Abdullayeva boʻlgan[15].

Suratga tushgan filmlar roʻyxati
Nomi Rol Rejissyor Yil Manba
Oppoq orzular Ibrohim Rasulov 2018 [16]
Jiyda guli Murod Ibrohim Rasulov [17][7]
Begona bahor Ibrohim Rasulov 2005 [18][7][19]
Qayerdasan Oymomo? Tojivoy Isroilov [7]
Qish ertagi Dilmurod Mirxidoyev [7]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Chotki Tv (2021-05-05), Itga xam kerak emas, Jahongir Otajonov ishi, uni azoblama birovni qizi, LGBTlarni otardim, intervyu, qaraldi: 2024-06-14
  2. Xabar.uz. „Judolik! Anvar Sobirovning akasi vafot etdi“ (6-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
  3. Daryo.uz. „Xonanda Og‘abek Sobirov to‘ng‘ich qizini uzatdi (foto)“ (10-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
  4. Sayyod (2018-04-01), Анвар Собиров ГАСТАРБАЙТЕР ва ХАҚОРОТга жавоб берди!, qaraldi: 2024-06-15
  5. 5,0 5,1 Akobir Sayidov. „Anvar Sobirov rasmiy lavozimga tayinlandi“. Qalampir.uz (4-aprel 2024-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
  6. https://www.kino-teatr.ru/kino/acter/star/385601/bio/
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 http://muz.uz/content/xonandalar/anvar-sobirov.html
  8. Mohichehra Eshmirzayeva. „Anvar Sobirov: “Jonli ijro fonogarammadan qimmat turadi”“. Darakchi.uz (18-mart 2014-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
  9. Kun.uz. „«O‘zbeknavo» Tamila, Anvar Sobirov va Yagonaning litsenziyasini to‘xtatdi“ (2-iyul 2015-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
  10. Daryo.uz. „“O‘zbeknavo” Lola va boshqa xonandalarning litsenziyasi to‘xtatilishi yuzasidan batafsil izoh berdi“ (15-iyul 2015-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
  11. Kun.uz. „Lisenziyasidan mahrum qilingan Anvar Sobirov Samarqand viloyatida o‘z “aybini” yuvadi“ (3-oktyabr 2015-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
  12. Daryo.uz. „Xonanda Anvar Sobirov litsenziyasini qaytarib oldi“ (2-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
  13. Darakchi.uz. „Anvar Sobirovdan tez kunda “Alam qilarkan” taronasini qarshi oling“ (6-aprel 2015-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
  14. RizaNovaUZ (2019-02-19), Anvar Sobirov - Shuba | Анвар Собиров - Шуба, qaraldi: 2024-06-15
  15. intervyuTV (2018-01-22), Anvar Sobirov va Nargiza Abdullayeva yig‘lab suhbatlashdi 50/50, qaraldi: 2024-06-14
  16. Daryo.uz. „Alsgeymer kasalligi haqidagi “Oppoq orzular” filmining premyerasi qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi“ (9-mart 2018-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
  17. Daryo.uz. „Anvar Sobirov: “Jiyda guli” filmidan so‘ng ko‘chada yurolmay qolgandim (video)“ (29-mart 2018-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
  18. Daryo.uz. „Anvar Sobirov ekranlarga chiqmagan “Begona bahor” va Nargiza Abdullayevani qo‘lini ushlab kechirim so‘ragani haqida gapirdi“ (5-iyul 2019-yil). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
  19. Кинопоиск. „Чужая весна (2005)“ (ruscha). Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.