Anzud - mesopotamiyaliklarda insonlar va ma’budlar o‘rtasida vositachilik qilgan ilohiy qush timsoli, u o‘lim va hayot o‘rtasidagi abadiy kurashni ifodalagan. U Anzu, Zu, Imdugud, Im-Dugud, “bo‘ron-shamol” ma’nosini anglatgan. Mifga ko‘ra, Anzud barcha ilohlardan ustun bo‘lish, qudratli kuchga erishish maqsadida Enlildan taqdirlar bitilgan yozuvlarni o‘g‘irlaydi. Ma’budlar onasi Dingirmax unga qarshi Ninurtani yuboradi va Anzud qush-yoydan halok bo‘ladi. Toshga o‘yilgan ashyolarda uning ko‘pincha ikki hayvonga (kiyik, sher) changal solgan holati tasvirlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 37.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.