Apaosha - O‘rta fors paxdaviy matnlarida apush, Asqar Mahkam tarjimasidagi o‘zbekcha matnda apasha. Ma’nosi suvni yo'q qilguvchi.Qurg'oqchilik, hosilsizlik keltiradi.Namlik, yog'in-sochin, suvlar, shu jumladan olam suvining tamzi asotiriy dengiz Varukashaning himoyachisi Tishtarning dushmani. Qora qirchang‘i ot qiyofasida osmondan oq ot qiyofasida tushgan Tishtar, Sirius bilan jangda mag‘lub etiladi va borliqda serobchilik, obodonchilik qaror topadi[1].

Manbalar tahrir

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 41.

Adabiyotlar tahrir

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.