Arab bibliografik asarlar
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Ayni Gretsiya va Rim madaniyatidan olinib, arab kitobat madaniyatida antologiyalar va yirik olim va yozuvchilar asarlari roʻyxatilarini tuzish anʼanasi davom ettirildi. XI XII asrlar mobaynida musulmon dunyosida arab, fors va turkiy tillardagi ilm-fan va badiiy ijod shunday pogʻonaga yetdiki (bu daraja esa muomalada boʻlgan qoʻlyozma kitoblar mavzusining turli- tumanligida oʻz aksini topdi), u insonga bilimlaming turli sohalarida maʼlum xulosalar chiqarish zaruratini tugʻdirdi. Bu jarayon, oʻz navbatida, ilmiy adabiyotning yangi janrlari, qoʻlyozma kitoblarning boshqa koʻrinishlarining shakllanuvida ham namoyon boʻldi. Bular qomuslar, umumiy yoki muayyan bir sohaga oid qoʻllanmalar, bibliografik va biobibliografik lugʻat va qoʻllanmalar, tazkiralar, olimlaring ular mashgʻul boʻlgan ilm sohasiga qoʻshgan hissasining bahosi, asarlarining tavsifi yoki faqat roʻyxati berilgan hasbihollaridir. Bu kabi kitoblar qoʻllanma, maʼlumot beruvchi manba sifatida olimlar, adabiyotchilar va davlat xizmatchilari uchun nihoyatda zarur edi. Bibliografik xarakterdagi universal va bir sohaga oid spravoch- niklar, qomus hamda tazkiralar sof ilmiy asarlardan farqli oʻlaroq, qisqa, sodda va qiziqarli bayoni bilan ham barcha ijtimoiy tabaqalar vakillarining didi va bilim doirasiga mos kelar edi.[1]
Bu davrga kelib Sharq olimlari (tabiblar, faylasuflar, tarixchi va filologlar, geograflar)ning, fiqh ilmining yirik vakillari va adabiyot namoyondalarining biografiyalari toʻplamlari yaratilgan edi. Ibn Yoqutning (1229 yilda vafot etgan) „Irshod ul-adib“ (u 1040 olim va adabiyotchilar biografiyasi majmuidan iborat) hamda tavsif etilayotgan barcha oʻlka va joylarda istiqomat qilgan mashhur olimlar asarlari nomlarining roʻyxati ilova qilingan „Mujam ul-buldan“ („Mamlakatlar majmui“), Ibn un-Nodimning X asrgacha amb tilida yaratilgan barcha asosiy asarlar tavsifini oʻz ichiga olgan „Kitob ul- fixrist“ kabilarni bibliografik mazmundagi asarlar sirasiga kiritish mumkin. Jumladan, „Kitob ul-fixrist“ da arab yozuvi tarixining dastlab- ki uch asri mobaynida yaratilgan hamda qoʻlyozmalari bizgacha yetib kelmagan minglab asarlar haqida maʼlumot beriladi. Har qanday ilmiy tadqiqotni olib borish sharti sifatida maʼlum soha boʻyicha yaratilgan mavjud adabiyot bilan tanishmoq zarurati olimlarni oʻz salaflari asarlarining keng va batafsil roʻyxatini tuzishga daʼvat etar edi. Bu jarayon tarixiy, tabiiy fanlar sirasiga kiruvchi sohalarga oid asarlar, yirik tarixiy-joʻgʻrofiy va tarixiy-biografik qomuslar (oʻika, shahar va joylar tarixi, tazkira va bibliografik lugʻat tipidagi asarlar), muallifning ustozi yoki ustozlari, biror mashhur salafi haqida esdaliklar yaratishda muhim edi. Biobibliografik asarlarda mashhur shaxslar kasb-korligi boʻyicha guruhlanardi. Masalan, as-Sirafi (Xasr) va Ibn al-Kifti (XII asr) grammatiklar, ularning tarjimai hollari va yozgan kitoblari roʻyxati bilan birga, Ibn Djuldjul (X asr) va Ibn Abi Usaybiya (XIII asr – „Uyyunu al-anbiyya“) tabiblar, ash-Shubushti (X asr „Kitab ad- diyarat“) – yarmi adabiy antologiya, yarimi xristian monastrlar tarixi, as-Suyyuti filologik va Qur’oniy fanlar boʻyicha asarlar roʻyxatini keltirishadi. X asrda avlodi kelib chiqishi Xorazmdan boʻlgan ibn Yusuf al-Katib al-Balxi (vafoti 997 yil) „Mafctix al-ulum – Ilmlar kaliti“ asarini yaratadi. Kitob X asrda muomilada ishlatilgan ilmiy terminlar lugʻati boʻlib, barcha bilim sohalarini yoritadi va 15 boʻlimdan iborat. Buxoro va Xorazmda IX-X asrlarda yashab ijod etgan 124 shoirning tarjimai holi va asarlardan baʼzilari Abu Mansur as-Saolibiyning 1017 yili yozilgan „Yatimat at-daxr“ antologiyasida oʻz aksini topdi. Xorazmlik buyuk komusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973 – 1048 yy.)ning bibliografik faoliyatini oʻz salaflari asarlarining shunchaki <<oʻzi uchun roʻyxatini tuzishdan iborat ish deb emas, balki mustaqil ijtimoiy-amaliy hamda ilmiy qimmat kasb etgan yirik yoʻnalish edi deyishga toʻla xaklimiz. Uning 1038 yili tuzgan na bizgacha noyob Leyden koʻlyozmasi orqali yetib kelgan Muhammad ibn Zakariya ar- Roziy asarlarining fixristi oʻz davrining mukammal va nihoyatda muhim bibliografik manbasidir. «fixrist»ning asosiy qismini buyuk yurtdoshimiz faylasuf, kimyo, tibbiyot va tibbiy fanlarning yirik namoyandasi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariya ar-Roziy (865 - 935 yy.) asarlarining umumiy tavsifini tashkil etadi. «<Fixrist>ning ikkinchi qismi Beruniyning 1036 yilga qadar yaratilgan oʻz asarlari roʻyxatidan iborat. Mazkur asar arRoziy ilmiy merosi xakida ikki asrdan ortiqroq davr mobaynida, yaʼni tarixchi Ibn Abi Usaybiya (1203 – 1270 yy.)ning Uyunul-anbiyoo ("Paygambarlar haqida haqida manbalar>>) fixristi yaratilgunga qadar, yetakchi manba vazifasini oʻtab keldi. Ibn Abi Usaybiya buyuk olim asarlari roʻyxatini yanada toʻldirdi va ularning sonini 236 taga yetkazdi.[2]
Beruniy <<Fixrist» ida ar-Roziyning 184 asarining nomi keltirilib, fan sohalari boʻyicha maʻlum tartibda joylashtirilgan. Birinchi oʻrin kimyoga oid asrlarga berilgan boʻlib, ularning soni 21 tadir. <<Fixrist>> da 2-oʻrinda kelgan tibbiyotga oid asarlar roʻyxatida nomlari zikr etilgan 50 asarning koʻpi bizgacha yetib kelmagan. Ular orasida arRoziyning oʻz davri tib ilmining qomusi boʻlmish „Xavi“ kitobining tavsifi ham borki, bu tavsifga koʻra asar hajm jihatdan Ibn Sinoning mashhur <<Tib qonuni>>dan ham kengrok boʻlgan. Soʻng „Fixrist“da falsafa, matematika, falakiyot, fizika (kinematika va magnetizmga oid kitoblar), meteorologiya soxalariga oid boʻlimlar keladi va ularga mos asarlar roʻyxati beriladi. XII asrda turkistonlik mashhur tarixchi Abdul Hasan al-Bayhaqi tomonidan 1158 1169 yillar oraligʻida yaratilgan „Tatimma (Sivan al- hikma)“ („Hikmatlarni saqlovchilarga qoʻshimchalar“) nomli nihoyatda qimmatli qomusiy asar ham bizgacha yetib kelgan. Bu qoʻshimchalar Abu Sulaymon bin Tohir bin Bahrom bin as-Sijoziy (as-Sijistoniy)ning „Hikmatlarni saqlovchilar“ nomli tadqiqotiga tegishli boʻlib, unda Yaqin va Oʻrta Sharqda yashab oʻtgan 111 mashhur olimning hayoti, faoliyati va tadqiqotlari toʻgʻrisida maʼlumot keltiriladi
Shu asrning oʻzida as-Sam’oniy (vafoti 1167 yil) „Kitob ul-ansob“ nomli nihoyatda keng „Tazkirat ul-mashoyix“ tipidagi bibliografik spravochnik tuzadi va unga 4 mingdan ortiq din arboblari haqida xabar beradi. Bu roʻyxatga fors-tojik mumtoz adabiyotining asoschisi Abu Abdullo Rudakiy nomi tasodifiy ravishda kirib qolgan. Maʼlumki, u diniy ilmlar bilan maxsus shugʻullanmagan. XIII asr oʻrtalarida tarixchi va filolog Ibn Xallikan oʻzining „Vafayat al-a-ayn va anba az-zaman“ – „Oʻz zamonasining buyuk odamlari va ularning vafoti“ deb nomlangan tarixiy-biografik lugʻatini yozadi. Bu bibliografik kitob islom dunyosining mashhur tarixiy shaxslari va ularning tarjimai hollari, qilgan xayrli ishlari, yozgan kitoblarining nomlari haqida maʼlumot beradi.1222-1223 yillarda yozilgan Muhammad Avfining „Lubob ul- albob“ („Magʻzlarning mag zi“) antologiyasi 299 shoir va adabiyotchilar haqida maʼlumot beradi. 1210-yilda Faxriddin ar-Rozi yozgan „Jami al-ulum“ asari 57 taʼilm-fan sohosining manzarini beradi. Muhim bibliografik lugʻatlar qatoriga atoqli turk olimi, arab yozuvidagi kitobat bilimdoni Kotib Chalabi Mustafo (taxallusi Xoja Xalifa)ning XVII asrda yaratilgan „Kashf an-Zunnun“ (boshqacha nomi „Kitob va fan nomlaridagi shubhaning bartaraf etilishi“) asari kiritilmasa, u sakta boʻlib qolishi shubhasizdir. Chunki bu tadqiqotda alifbo tartibida joylashtirilgan 15007 arab, fors va turkiy tillardagi asarning tavsifi keltirilgan. Boblarda oʻtmish shoir, olim va din arboblarining asarlari fan sohalariga koʻra taqsimlangan. Biografik maʼlumot nisbatan qisqa boʻlib, ular odatda muallifning nomi, sharifi, lavozimi, kasbi-kori yoki unvoni, tavallud va vafot yillari, kelib chiqishi kabi maʼlumotlar bilan cheklanadi. Xoja Xalifaning bu asari haqli ravishda sharq madaniyatining oʻziga xos noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U hozirga qadar sharqshunoslar uchun oʻtmish yozma yodgorliklari yoki ularning muallifi haqida muhim maʼlumot manbai boʻlib xizmat qilmoqda. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida bibliografik mazmundagi bir qancha qoʻlyozma kitoblar saqlanadi. Ular orasida „Shayxur-rais asarlari roʻyxati“- Ibn Sino kitoblariga bibliografik koʻrsatkich (jami 142 asar nomi koʻrsatilgan) 1664 yilda koʻchirilgan boʻlib, muallifi nomaʼlum."Olimlarning tarjimai holi" deb nomlanuvchi qoʻlyozma musulmon teologiyasi boʻyicha bibliografik adabiyotlar koʻrsatkichi boʻlib, muallifi Muhammad binni Sulaymon. Yana bir asar „Toifalari va asarlarining soni boʻyicha olimlarning tarjimai holi“ boʻlib, Sayid Abdurahmon Ashraf Rumiy qalamiga mansub. Asar 1738 yilda tugatilgan boʻlib, ilmiy adabiyotlarning bibliografik koʻrsatkichidir. Turkistonda kitoblar hisobini olib borish tarixan birinchi bor yirik davlat (sulolaviy), saroy kutubxonalari, madrasa va masjidlar qoshidagi kutubxonalarda boshlandi hamda bu jarayon mazkur joylarda olib borilgan maxsus kutubxonachilik-bibliografiya faoliyatida oʻz aksini topdi. Ibn Sinoning xabar berishicha, u 996 yil Buxorodagi Somoniy amirlarining sulolaviy kutubxonasida boʻlganida, bu yerda oʻz salaflari tomonidan tuzilgan kitoblar roʻyxatidan foydalangan. Mazkur roʻyxat, shubhasiz, sistemalashtirilgan katalog shaklida boʻlib, kutubxonadan foydalanish ishini osonlashtirish maqsadida tuzilgan. Turkiston kataloglarining boshqa bir koʻrinishi fixristlar boʻlib, ular kitoblari vaqfga topshirish paytida tuzilgan. Bunday fixristlar kutubxona kataloglari vazifasini bajarish bilan birga kitoblarning maʼlum vaqf kutubxonasiga tegishli ekanligini asoslovchi huquqiy hujjat sifatida ham xizmat qilgan. Taassuf bilan aytish kerakki, oʻrta asr kutubxonalarining bunday hisob roʻyxatlari (katalog, fixristlar) bu kunga qadar deyarli yetib kelmagan. Adabiy manbalardan kutubxo- nalarda bunday hujjatlar boʻlgani haqida ayrim maʼlumotlar olish mumkin xolos. Shunday boʻlsa-da, ushbu maʼlumotlar Turkiston kutubxonalarida kitoblarni faqatgina oddiy inventar roʻyxatini tuzish yoʻli bilangina emas, balki ularni maʼlum tartibda jamlangan kataloglar tuzish orqali hisobga olish anʼanasi ming yil ilgari boshlangan deyishga imkon beradi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida turkiy, forsiy va arab tillarida bitilgan 422 qoʻlyozma nomini oʻz ichiga olgan Xiva xoni kutubxonasiga tegishli boʻlgan qoʻlyozmalar katalogi saqlanadi. Kitoblar tavsifiga asarlarning nomi va koʻchirilish sanasidan tashqari muallif, tarjimon, hattotlarning ism-shariflari keltirilgan.[3]
Manbalar
tahrir- ↑ Axundjanova, E.A. Sharq qo'lyozmalar bibliografiyasi va tazkirachilik tarixi, Toshkent, 2021 — 6-bet.
- ↑ Axundjanova, E.A. Sharq qo'lyozmalar bibliografiyasi va tazkirachilik tarixi, Toshkent, 2021 — 7,8-bet.
- ↑ Axundjanova, E.A. Sharq qo'lyozmalar bibliografiyasi va tazkirachilik tarixi, Toshkent, 2021 — 9,10-bet.
Adabiyotlar Roʻyxati
tahrirE. A. Axundjanova Sharq qoʻlyozmalar bibliografiyasi va tazkirachilik tarixi Toshkent 2021.