Aram Simonovich Vardanyan (Arm. Արամ Սիմոնի Վարդանյան; 1995-yil 11-noyabrda tugʻilgan) — kelib chiqishi arman boʻlgan oʻzbek yunon-rum kurashchisi. Jahon chempionati va Osiyo chempionatlari sovrindori. Aralash yakkakurash boʻyicha mashhur jangchi Eduard Vartanyanning amakivachchasi.

Aram Vardanyan
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi arman. Արամ Վարդանյան
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1995-yil 11-noyabr
Boʻyi 175 sm
Vazni 72 kg
Sport
Qaysi sport Yunon-rum kurashi
Medallar

Jahon chempionatlari

2Kumush medal sovrindori Nur-Sulton 2019

Osiyo chempionati

3Bronza medali sohibi Bankok 2016
3Bronza medali sohibi Bishkek 2018

Osiyo yakkakurashlari va yopiq inshootlardagi oʻyinlari

3Bronza medali sohibi Ashxobod 2017

Tarjimai holi

tahrir

1995-yilda tugʻilgan. Toshkent shahri Uchtepa tumani „Nayman“ mahallasi sportchisi.

2016-yilda 66 kilogrammgacha vazn toifasida Bangkokda oʻtkazilgan Osiyo chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ikki yildan soʻng u Bishkekdagi Osiyo chempionatida uchinchi boʻlib, ammo boshqa vazn toifasida 72 kilogrammgacha boʻlgan musobaqada muvaffaqiyatini takrorlagan.

2017-yilda yakkakurash boʻyicha Osiyo oʻyinlarida va 2017-yili Ashxobodda boʻlib oʻtgan yopiq inshootlardagi musobaqada 71 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2019-yil Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari oldidan sayyora chempionatida 72 kilogramm vazn toifasida Aram finalda rossiyalik polvon Mantsigov Abuyazidga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[1].

Manbalar

tahrir