Araxna
Araxna yoki Araxneya (qadimgi yunoncha: Ἀράχνη qadimgi yunoncha: Ἀράχνη „oʻrgimchak“) qadimgi yunon mifologiyasida[1][2] — Lidiyadagi Kolofon shahridan boʻlgan boʻyoqchi Idmonning qizi, mohir toʻquvchi. Uni Gipepa shahridan boʻlgan meoniyalik, Idmon va Gipepaning qizi[3] yoki Bobil shahrida yashagan ayol[4] deb atashadi.
Afsona
tahrirOʻzining mahoratidan gʻururlangan Araxna toʻquvchilikda hunarmandchilik homiysi hisoblanmish Afinadan ham oʻzib ketganini eʼlon qiladi. Araxna maʼbudani musobaqaga chaqirishga qaror qilganida, Afina unga yana bir bor oʻylab koʻrish imkoniyatini beradi. Afina keksa ayol niqobi ostida hunarmandning oldiga kelib, uni notoʻgʻi qarordan qaytara boshlaydi, ammo Araxna oʻz fikrida turib oladi. Musobaqa boʻlib oʻtadi: Afina Poseydon ustidan gʻalaba qozongan sahnani toʻqib bitiradi. Araxna Zevsning sarguzashtlari aks etgan sahnani tasvirlaydi. Afina raqibining mahoratiga tan beradi, lekin aks ettirilgan sahnaning oʻylab topilganidan gʻazablanadi (unda maʼbudlarga hurmatsizlik aks etgandi) va Araxnaning yaratgan asarni yoʻq qiladi. Afina uni yirtib tashlaydi va Araxnaning peshonasiga qora qayindan yasalgan moki bilan uradi. Baxtsiz Araxna sharmandalikka chiday olmaydi; u arqondan sirtmoq yasab, oʻzini osib qoʻyadi. Afina Araxnani sirtmoqdan xalos qiladi va unga qarata deydi:
"Yasha, ey isyonkor. Lekin, sen abadiy osilib turasan va mato toʻqiysan, bu naslingga ham berilgan jazodir.
Afina Araxnaga sehrli giyoh sharbatini sepadi va uning tanasi kichrayib ketadi, qalin sochlari toʻkilib tushadi va oʻzi oʻrgimchakka aylanadi. Oʻrgimchak Araxna oʻsha vaqtlardan beri toʻriga osilib olgancha, uni toʻqishni davom ettirib keladi.
Boshqa bir versiyaga koʻra, Araxna akasi Falang bilan ishqiy aloqasi uchun oʻrgimchakka, akasi esa biyga aylangan[5]. Yana bir versiyada Araxnaning oʻgʻli urchuqni ixtiro qilgani aytiladi[6].
Taʼsiri
tahrir- Araxna haqidagi afsona Ovidiyning „Metamorfozalar“ asarida[7] bayon etilgan.
- Boʻgimoyoqlilarning bir sinfi Arachnida deb ataladi, oʻrgimchak nomining bir nechta roman tillaridagi nomlanishi Araxnadan kelib chiqqan.
- Dante Aligyeri „Ilohiy komediya“ning birinchi qismida Araxnani doʻzaxga (Canto XVII) joylashtirgan.
- 1895-yilda kashf etilgan asteroid - „(407) Araxna“ Araxna sharafiga nomlangan.
- Shveysariyalik yozuvchisi Ieremiy Gothelfning "Qora oʻrgimchak „ novellasi qisman Ovidiyning “Metamorfozalar" asariga asoslangan[8].
Ommaviy madaniyatdagi tasviri
tahrir- Nopoklik qiyofasidagi Araxna "Gʻayritabiiy " teleserialida koʻrinish bergan.
- Araxna „Meros“ teleserialining birinchi mavsumida antagonist sifatida paydo boʻladi.
- „Soul Eater“ animesining bir nechta epizodlari Araxnaga bagʻishlangan.
- Aleksandr Volkov „Sariq tuman“ kitobida sehrgarga „Araxna“ deb ism bergan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Мифы народов мира, 1991-1992 — 98-bet.
- ↑ Любкер Ф.. Реальный словарь классических древностей. В 3 т., М., 2001 — 143-144-bet.
- ↑ Perviy Vatikanskiy mifograf I 90, 1
- ↑ Nonn. Deyaniya Dionisa XVIII 214
- ↑ Арахна, Мифологический словарь, М.: Советская энциклопедия, 1990.
- ↑ Плиний Старший „VII 196“, . Естественная история. A quest. L., 1956.
- ↑ Ovidiy. Metamorfozi VI 1-145
- ↑ David Gallagher. The Transmission of Ovid's Arachne Metamorphosis in Jeremias Gotthelf's Die Schwarze Spinne // Neophilologus. — 2008. — № 92. — С. 699-711.