Argʻushtak – raqsga moslangan musi­qiy usul. Oyoq bilan yer tepib, raqsga tushishni ham Argʻushtak deb bilishgan. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarida Argʻushtakning koʻchmanchi arablarning hudi – tuyachilar qoʻshigʻi vazni bilan mos boʻlganligi haqida maʼlumot berilgan:

Xush ulki, bazmda oylar teparda argʻushtak,

Shah anda tanbura cholib, Navoiy desa qoʻshuq.

(“Badoeʼ ul-vasat”, 328-gʻazal)[1][2][3]

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Mezon ul-avzon". 
  3. "Badoeʼ ul-vasat".