Arizani qabul qilishni rad etish

Arizani qabul qilishni rad etish – sud fuqarolik ishini quyidagi hollarda, Fuqarolik protsessual kodeksining 152-moddasiga koʻra qabul qilishni rad qiladi: ariza sudda koʻrishga tegishli boʻlmasa; Sudning aynan taraflar oʻrtasida, aynan bir narsa toʻgʻrisida va aynan bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan qabul qilinib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoxud daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligini qabul qilish yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrimi mavjud boʻlsa; Sud aynan bir taraflar oʻrtasida, aynan bir narsa toʻgʻrisida va aynan bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan ish yuritayotgan boʻlsa; Taraflar oʻrtasida ushbu nizoni koʻrish uchun hakamlar sudiga topshirish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan boʻlsa; Ish shu sudning sudloviga taaluqli boʻlmasa; Ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;Manfaatdor shaxs nomidan arizani ish yuritish vakolatiga ega boʻlmagan shaxs bergan boʻlsa. Arizani rad qilish toʻgʻrisida sud ariza tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida asoslantirilgan ajrim chiqaradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi