Arktika mintaqasi — Yerning tabiat mintaqasi. Arktikaning katta qismini oʻz ichiga oladi. Qurukliqda Arktika mintaqasiga arktika muz sahrolari zonasi kiradi. Dengizlari qalin muz bilan qoplanganligi bilan ajralib turadi. Arktika mintaqasi chegarasi eng iliq oy (iyul yoki avgust)ning 5° li izotermasiga toʻgʻri keladi. Arktika havo massalari hukmronlik qiladi. Arktika sovuq sahrolari landshaftlari tarqalgan boʻlib, iqlimi sovuq, yoppasiga abadiy muzloklar bilan qoplangan, tuproqlari yaxshi rivojlanmagan, biologik va geokimyoviy jarayonlar juda suyet[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar

tahrir