Arman adabiyoti milodiy 400-yil atrofida Mesrop Mashtots tomonidan arman alifbosini ixtiro qilishi bilan boshlanadi.

Dastlabki tarix

tahrir

Arman cherkovining „butparast urf-odat“ni yoʻq qilish boʻyicha koʻp asrlik saʼy-harakatlari tufayli IV asrning boshlarida Armanistonni xristianlashtirishga qadar boʻlgan eng qadimiy arman adabiy anʼanalaridan faqat bir nechtasi saqlanib qolgan. Xristian arman adabiyoti taxminan 406-yilda Injil kitoblarini arman tiliga tarjima qilish uchun Mesrop tomonidan arman alifbosini ixtiro qilishi bilan boshlanadi[1].

Armaniston katolikosi Ishoq, tarjimonlar maktabini shakllantirdi, ular Edessa, Afina, Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Kappadokiya, Kesariya va boshqa joylarga suryoniycha va yunoncha kodlarni sotib olish va ularni tarjima qilish uchun yuborilgan. Ushbu davrlar Oltin asr hisoblanadi[2].

Oltin asr koʻp jihatdan ibroniy va nasroniylarning adabiy anʼanalari va arman apostol cherkovi tarixi va sharhi edi.

Oʻrta asrlar davri

tahrir

Armaniston koʻpincha Sosoniylar imperiyasi kabi qoʻshni kuchlar tomonidan ishgʻol qilinganligi maʼlum. Oʻrta asrlar davri boshlanishi arablarning Armanistonni bosib olishi bilan belgilandi. Xalq orasida Geraklning arman ekvivalenti boʻlgan Dovud Sasanti haqida koʻplab afsonalar tarqaydi. Xalq Daviddan Armanistonnibosqinchilardan ozod qilishini kutishadi. Ming yildan oshiq vaqt mobaynida Dovudning afsonasi armanlarning ogʻzaki ijodi tufayli bobolaridan nabiralariga oʻtib kelgan va uning hikoyalarini qadimiy yoki oʻrta asrlarga ajratish qiyin. 1873-yilda bu voqeani arxiyepiskop Karekin Servantzdiants birinchi boʻlib yozgan, u Grush ismli Mushdan kelgan dehqon hikoyachisi aytgan ertakni soʻzma-soʻz koʻchirib olgan. Hikoyaning eng mashhur nusxalaridan biri Ovannes Tumanian tomonidan 1902-yilda ijro etilgan sheʼr edi. Uning sheʼri faqat Dovudning hikoyasini oʻz ichiga oladi, bu aslida hikoyaning 4 qismidan faqat bittasi, ammo markaziy qismi edi.

Diniy adabiyot

tahrir

XIX asr — XX asr boshlari

tahrir

Siamanto, Hagop Baronian, Vahan Tekeyan, Hovhannes Hovhannisyan, Levon Shant, Krikor Zohrab, Rupen Zartarian, Avetis Aharonyan, Garegin Nzhdeh, Atrpet, Gostan Zarian, Hrand Nazariantz va Nigol Aghpalianlar ushbu davrning taniqli yozuvchilari edi.

Arman realistlari

tahrir

Gazetalar

tahrir

Baʼzi mutaxassislarning taʼkidlashicha, arman realist mualliflari Arevelk (Sharq) gazetasi tashkil topganida (1884) paydo boʻlgan. Arpiar Arpiarian, Levon Pashalian, Krikor Zohrab, Melkon Gurjian, Dikran Gamsariyan va boshqa shu kabi yozuvchilar ushbu gazeta atrofida jamlanganlar. Oʻsha paytdagi boshqa muhim gazeta juda mashhur boʻlgan, tanqidni ragʻbatlantiradigan „Hayrenik“ (Vatan) gazetasi edi.

Ushbu faktlarga qaramay, armanlarga oʻz gazetalarida va boshqa yozma nashrlarida Armaniston, millat, vatan, ozodlik va taraqqiyot kabi soʻzlarni ishlatishga ruxsat berilmagan.

Sovet Armanistoni

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Conybeare 1911.
  2. Andoza:EB1911 This contains an historical overview of Armenian literary development, and a comprehensive list of authorities.