Arnaud Denjoy (1884.5.1, Osh, Jer departamenta — 1974.27.1) — fransuz matematigi, Parij fanlar akademiyasi aʼzosi (1942), Parij universiteti professor (1922). Sobiq Ittifoq fanlar akademiyasi xorijiy aʼzosi (1971). Asosiy ishlari haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasiga oid. Primitiv funksiya (qarang Boshlangʻich funksiya) haqidagi klassik masalaning toʻla yechimini bergan. Oʻzi topgan yangi tushuncha — integral Denjoy integrali deb ataladi. Kompleks oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyalariga, kvazianalitik funksiyalarga, topologiyaga oid asarlar muallifi.

Arnaud Denjoy

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil