Arnold Auerbach
Arnold Jacob „Red“ Auerbach (1917-yil 20-sentabr, Brooklyn, New York — 2006-yil 28-oktabr, Vashington) — amerikalik basketbol murabbiyi, NBA Boston Celtics klubining uzoq yillik murabbiyi(1950—1966).
Auerbach zamonaviy basketbolning ustozi boʻlib, u basketbolni qayta koʻrib chiqdi, oʻyinga jamoaviy ustunlik va qattiq himoyani olib keldi, yakka jasorat va yuqori koʻrsatkichlar oʻrniga, tezkor tanaffusni kuchli hujum quroli sifatida kiritdi[1] U basketbol shon-shuhrat zaliga kiritilgan koʻplab sportchilarni tarbiyalagan. Bundan tashqari, Auerbach NBAda irqchilikni yoʻq qilishda muhim rol oʻynadi. U 1950-yilda afro-amerikalik (Chak Kuper)ni NBAga jalb qilgan birinchi murabbiy va 1964-yilda esa qora tanlilardan beshtasini maydonga tushirgan birinchi murabbiy sifatida tarixga kirdi. Oʻzining populistik qarashlari bilan tanilgan, gʻalabaga ishonch hosil qilganda, tamaki chekkani bilan mashhur boʻlgan, bu odat Bostonda boʻlgan paytida koʻpchilik uchun „gʻalaba ramzi“ga aylangan.
Auerbach eng katta muvaffaqiyatiga Boston Seltiks murabbiyi sifatida erishdi. U Bob Kosi va Bill Rassell kabi sportchilar yordamida NBA tarixidagi eng yaxshi jamoalardan birini qurdi. Red 1966-yilda murabbiylik faoliyatini yakunladi. Uning faoliyatidagi gʻalaba foizi 0,662 ni tashkil etdi. Uning 1037 ta gʻalabasi (pley-off gʻalabalari bilan birga) keyinchalik murabbiy Leonard Wilkens tomonidan zabt etildi. Bosh murabbiylikdan ketganidan keyin Red bir necha yilni jamoaning bosh menejeri (1970-1984), keyin esa Boston Seltiks prezidenti (1970-1997, 2001-2006) lavozimlarida oʻtkazdi.
Professional faoliyati
tahrirRed bolaligini Nyu-Yorkda, Bruklinda oʻtkazdi. Talabalik yillari Jorj Vashington universitetida oʻtdi, u jamoasida uch mavsum oʻynadi: u eng sermahsul oʻyinchi edi va himoyadagi eng yaxshilardan biri hisoblanardi. 1941-yilda taʼlim yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini oldi. 1942-43 yilgi mavsumda Amerika Basketbol Ligasining Xarrisburg senatorlari uchun bitta oʻyin oʻynagan. U dengiz flotida uch yil xizmat qildi va Norfolk dengiz bazasida jamoaga murabbiylik qildi.
Red professional NBA faoliyatining dastlabki uch yilini Washington Wizardsda oʻtkazdi. 1950-yilda Boston Celtics xoʻjayini Uolter Braun Redni bosh murabbiy etib tayinladi. Auerbach raqobatbardosh jamoani puxtalik bilan tashkil qildi. 1956-yil 29-aprelda „Celtiks“ katta kelishuvga erishdi, bu kelishuvga koʻra, Ed Makoli va Kliff Xeygan 1956-yilgi loyihada Bill Rassellni tanlash uchun birinchi bosqich tanlovi evaziga Bostonni tark etishdi. Jamoada markaziy oʻyinchining paydo boʻlishi Bostonning chempionlik davrining boshlanishi edi. Red jamoasi toʻqqiz marta chempionlikni qoʻlga kiritdi, shundan sakkiztasi uzluksiz boʻldi (1957, 1959-66)[2] 1965-yilda Red NBAning eng yaxshi murabbiyi unvoniga sazovor boʻldi, keyinchalik bu unvon uning nomi bilan atala boshlandi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Red Auerbach biography“. JockBio.com. 2012-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-iyul.(ingl.)
- ↑ Feinstein, Ron „Red Auerbach: True Stories and NBA Legends“. npr.com. 2012-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-iyul.(ingl.)
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |