Arnold Schönberg (talaffuzi: Arnold Shyonberg; 1874.13.9, Vena 1951.13.7, LosAnjeles) — Avstriya kompozitori, musiqa nazariyotchisi, pedagog, dirijyor va rassom. Yangi Vena maktabi va dodekafoniya asoschisi, musiqiy ekspressionizmning yirik vakili. Ijodini Yevropa klassik musiqasiga tayangan holda boshlagan. 1901-yil pedagogik faoliyatini boshlab 30 dan ortiq (A.Berg, A.Vebern, X.Eysler kabi) shogirdlar yetishtirgan. 1903-yildan Venada, 1925-yildan Berlinda yashagan va kompozitor, dirijyor, pedagog, shuningdek, xor jamoalari tashkilotchisi va badiiy rahbari sifatida tanilgan. 1930-yillar boshida antifashistik harakatni qoʻllab quvvatlagan, oʻzi va shogirdlari tazyiqqa uchraganidan soʻng 1934-yildan AQShda yashagan.

Arnold Schönberg
Tavalludi 13-sentyabr 1874[1][2][3][4]
Vafoti 13-iyul 1951[5][1][2][3][4]
Fuqaroligi Avstriya[6], AQSh, Avstriya-Vengriya imperiyasi va Germaniya
Otasi Samuel Schönberg

Ijodiy yoʻli 3 bosqich — tonal (18991908), atonal (190922) va serial (1923—50) davrlarga boʻlinadi. Ilk davrning yetuk asarlari: "Gurre qoʻshiqlari" oratoriyasi, "Pelleas va Melizanda" simfonik poemasi, ovoz va orkestrga moʻljallangan "Olti qoʻshiq" (ulardan "Gʻazal" nomlisida Sh. qadimgi fors sheʼriyati va sharqiy musiqiy uslubga taqlid qilgan). 2-davrdagi "Kutish" (operamonodrama), "Baxtli qoʻl" (musiqali drama) va, ayniqsa, "Oyparast Pyero" (melodrama) kabi asarlarida tonallik tizimidan voz kechib, atonal musiqa tamoyillarini erkin ravishda namoyish etgan. Soʻnggi davrga oʻtish jarayonida, ayni atonalliknn muayyan qoidalariga boʻysundirish maqsadida — dodekafoniya nomini olgan (Sh. taʼbirida — 12 tonli kombinatsiya) kompozitorlik texnikasini kashf etib, "Napoleonga oda" (1942), "Varshavada omon qolgan" (1947) va boshqalar asarlarida samarali natijalarga erishgan. Umrining soʻnggi yillarida diniy mavzularda yirik asarlar yaratgan. Musiqiynazariy va estetik qarashlari "Garmoniyaga oid taʼlimot", "Uslub va gʻoya" kitoblari, bir nechta darsliklarida bayon etilgan.

Ad. Zarubejnaya muzika XX veka. Materialn i dokumentn, M., 1975.

Toʻxtasin Gafurbekov.

Manbalar

tahrir