Aron Anderson
Aron Karl Riggert Anderson (1988-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — shved sarguzashtchisi, ruhlantiruvchi notiq va paralimpiya sportchisi. Anderson Shvetsiyaning eng baland togʻi Kebnekaise va Tanzaniyadagi Kilimanjaro togʻiga chiqqan birinchi nogironlar aravachasidagi sportchi hisoblanadi[1].
Aron Anderson | |
---|---|
Anderson 2014-yilda | |
Tavalludi |
Aron Karl Riggert Anderson 26-yanvar 1988-yil |
Fuqaroligi | Shvetsiya |
Kasbi | Atletikachi, motivatsion notiq, sarguzashtchi |
Tarjimai holi
tahrir1996-yilning yanvar oyida Anderson va uning ota-onasiga shifokorlar uning bel qismida saraton kasalligi borligini aytishgan[2]. 1996-yil mobaynida hamda 1997-yil boshigacha kimyoterapiya va nurlanish bilan davolangan[3]. Muolajalar natija bermagach 1997-yilning oxirida saraton jarrohlik yoʻli bilan olib tashlangan, oʻshanda Anderson ikkala oyogʻidan ham ayrilgan[3][4].
Anderson TV4 tomonidan efirga uzatiladigan Let's Dance 2022 koʻrsatuvida mashhur raqqos sifatida ishtirok etgan[5]. Shuningdek, shouda nogironlar aravachasidan foydalangan ilk raqqos boʻlgan[6].
Yengil atletika
tahrirAron Anderson uch xil sport turi, jumladan, yelkanli sport, yengil atletika va chana xokkeyi (inglizcha: Sledge hockey) boʻyicha para-atletchi boʻlgan hamda toʻrtta Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan[7]. 1999-2005-yillar oraligʻida suzish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan, 2004-yilda Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlaridan keyin raqobatlashishni toʻxtatgan[8]. Buning oʻrniga yengil atletika va chana xokkeyidagi musobaqalarda toʻliq ishtirok eta boshlagan[8].
2012-yilda unga chanoq son boʻgʻimini endoprotezlash operatsiyasi amalga oshirilishi sababli yengil atletika musobaqalarini toʻxtatib, saralanganlar bilan bir qatorda raqobatlashish imkonidan ham mahrum boʻlgan[9]. Anderson 2013-yilgi Jahon chempionatidan soʻng chana xokkeyidan voz kechib, butun e’tiborini faqat sarguzashtlar va maʼruzalar oʻqitishga qaratgan[10].
Sarguzashtlari
tahrirAnderson 2013-yilning 1-avgustida Shvetsiyaning eng baland togʻi boʻlmish Kebnekaise choʻqqisiga[11] qoʻltiq tayoqlar yordamida „emaklab“ chiqqan birinchi nogironlar aravachasidagi ishtirokchi boʻlgan[12]. Shuningdek, u Kilimanjaro togʻining choʻqqisiga koʻtarilgan nogironlar aravachasidagi ilk sportchi sanalgan[11]. Ekspeditsiyani sarguzashtchi Johan Ernst Nilson boshqargan[13]. U 2013-yil 1-avgust kuni soat 15.00da (CET) choʻqqini zabt etgan[14]. 2014-yilda Shved Klassik turnirini yakunlashga qaror qilgan. Bu turnir doirasida u Vasaloppet, Vätternrundan, Vansbrosimmet va Lidingöloppetning uzoq masofalarga chidamlilik musobaqalarida ham birinchi nogironlar aravachasidagi ishtirokchi sifatida qatnashib, bir yil davomida yakunlagan[15]. 2015-yilning 7-avgustda Aland dengizi ustida Grisslehamdan Alandgacha boʻlgan 37 kilometrlik masofani 14 gradusli suvda, 13 soat davomida suzib oʻtgan[16]. 2019-yilda Anderson TV4 telekanalida namoyish etilgan Vinnarskallar shousida ishtirok etgan hamda u yerda boshqa shved para-sportchilariga qarshi kurashib gʻolib chiqqan[17]. U, shuningdek, bir oylik sayohatini Antarktida boʻylab changʻida uchgan ilk nogironlar aravachasidagi sayohatchidir[18][19][20]. 2018-yilning dekabr oyida Anderson qoʻshiqchi Peg Parnevik bilan birgalikda SVT va Sveriges Radio uchun radioda efirga uzatilgan Musikhjälpenning elchisi boʻlgan[21].
Anderson motivatsion notiq boʻlib ham ishlaydi. U, shuningdek, bolalar saratoniga qarshi kurash fondi Barncancerfondenning elchisi bo‘lib, o‘zining sarguzashtlari orqali ushbu xayrli ish uchun mablag‘ yig‘ishga ham hissa qo‘shgan[22][23]. 2017-yil Anderson Sommar i P1 radio ko‘rsatuvida o‘zining hayotdagi qiyinchiliklari va yutuqlari haqida so‘zlagan epizodini taqdim etgan[24][25].
Manbalar
tahrir- ↑ „Patients acting as consumers, demanding more ease, better tools“. MobiHealthNews (2019-yil 25-aprel). 2019-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ „Patients acting as consumers, demanding more ease, better tools“. MobiHealthNews (2019-yil 25-aprel). 2019-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 „Aron Andersson tar rullstolen med sig till toppen“. Lokalnytt. 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ McCoy. „How Paralyzed Adventurer Aron Anderson Climbs Mountains“. mensjournal.com (2017-yil 27-noyabr). 2017-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ Lindqvist. „Här är alla deltagarna i årets "Let's dance"“. Göteborgs-Posten (2022-yil 27-fevral). 2023-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
- ↑ „Aron Anderson hyllad för insats i "Let's Dance"“. Svenska Dagbladet (2022-yil 19-mart). 2022-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
- ↑ Lindblad, Anders. „Aron tillhör världseliten – i tre idrotter“. Svenska Dagbladet. SvenskaDagbladet (2004-yil 24-aprel). 2016-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ 8,0 8,1 TT. „Från Paralympics till Lilla Sportspegeln“. Göteborgsposten (2016-yil 9-fevral). 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ Radio. „Aron Anderson – Sommar & Vinter i P1“. Sveriges Radio (2017-yil avgust). 2019-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ „Östersund arrangerar kälkhockey-VM – Svenska Handikappidrottsforbundet“. Svenska Handikappidrottsförbundet (2015-yil 26-may). 2015-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ 11,0 11,1 Radio. „Aron Anderson – Sommar & Vinter i P1“. Sveriges Radio (2017-yil avgust). 2019-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ McCoy. „How Paralyzed Adventurer Aron Anderson Climbs Mountains“. mensjournal.com (2017-yil 27-noyabr). 2017-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ „Aron bestiger Europas högsta berg – i rullstol“. Nyheter24 (2014-yil 3-iyul). 2019-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ „Här är fem saker du vill veta om idrottaren Aron Anderson“. Nyheter24 (2019-yil 5-mart). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ „Klassikern under 24 timmar – i rullstol“. Runner's World (2014-yil 29-sentyabr). 2019-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ „Aron Anderson simmade till Åland – ICA Hälsa“. ICA.se. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ „Aron Anderson om cancern och att aldrig ge upp – Vinnarskallar – tv4.se“. tv4.se. 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ Radio, Sveriges. „Aron Anderson the first person to reach the South Pole in a wheelchair – Radio Sweden“. Sveriges Radio (2016-yil 22-dekabr). 2016-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
- ↑ Glusac. „Wheelchair Racer Aron Anderson Has Another Mountain to Climb“. The New York Times (2017-yil 25-sentyabr). 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ Staff. „Swedish man claims to be first to reach South Pole in a wheelchair after 300km trek“. The Daily Telegraph (2016-yil 22-dekabr). 2017-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ Radio, Sveriges. „Peg Parnevik och Aron Anderson är årets ambassadörer – Musikhjälpen“. Sveriges Radio (2018-yil 26-noyabr). 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ „Facebook-klick hjälpte Aron att dra in 246 000 kronor till Barncancerfonden“. Barncancerfonden. 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ Glusac. „Wheelchair Racer Aron Anderson Has Another Mountain to Climb“. The New York Times (2017-yil 25-sentyabr). 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ Radio, Sveriges. „This year's Sommar radio hosts announced – Radio Sweden“. Sveriges Radio (2017-yil 14-iyun). 2017-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
- ↑ Radio. „Aron Anderson – Sommar & Vinter i P1“. Sveriges Radio (2017-yil avgust). 2019-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
Havolalar
tahrirVikiomborda Aron Anderson haqida turkum mavjud |