Arpapoya koʻchasi — Chilonzor tumani hududida. Beshyogʻoch maydonidan kiriladi. Avval uzun koʻcha boʻlgan, ayni paytda uning uzunligi 500 metr atrofida[1].

Arpapoya koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Chilonzor
Uzunligi 500 m
Koʻchada joylashgan binolar Muqimiy nomidagi oʻzbek musiqali drama teatri
Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi
5-chi sonli shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Koʻcha nomi 1893-yil qoʻyilgan. Koʻcha yoʻnalishida Muqimiy nomidagi oʻzbek musiqali drama teatri, Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi va 5-chi sonli shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi mavjud. Koʻcha yonidan Anhor kanali oqib utadi. Yaqinida „Beshyogʻoch“ bozori, Beshyogʻoch maydoni, avtoboshbekat, Oʻzbekiston milliy bogʻi (hozirgi Magic sity), dorixona va savdo majmualari bor.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.