Arsen Vyacheslavovich Tlexugov (1976-yil 3-noyabr[1], Urux, Kabarda-Bolqor Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi[2]) — rossiyalik va qozogʻistonlik futbolchi, 2001-yilgi Qozogʻiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi, 2001-yil, 2004-yilgi Qozogʻiston chempionatining eng yaxshi hujumchisi.

Arsen Tleguxov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1976-yil 3-noyabr
Tavallud joyi Urux. Lesken tumani, Kabarda-Bolqor ASSR, SSSR
Boʻyi 182 sm
Ampluasi hujumchi
Vazni 69 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
faoliyatini yakunlagan

Yoshligi tahrir

1976-yil 3-noyabrda Kabarda-Bolqor Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Lesken tumani Urux qishlogʻida tugʻilgan. 1994-yil quyi liganing „Avtozapchast“ klubida oʻz faoliyatini boshlagan. Soʻng „Spartak“, „Nart“, „Lokomotiv“ kabi klublarda toʻp surgan[2].

Faoliyati tahrir

2001-yili Rossiyaning quyi ligalari klublarida toʻp surgan, Ostonaning „Jengis“ klubiga oʻtgan. U 2001 yilgi mavsumni ajoyib tarzda oʻtkazdi va eng yaxshi toʻp tepuvchi va eng yaxshi futbolchi deb topildi. 2003-yilda „Qayrat“ jamoasiga oʻtganidan keyin ham yaxshi oʻyin ifodalari bilan ajralib turgan va „Tlexugovni terma jamoaga taklif qilish“ haqidagi gʻoyalar koʻtarila boshlagan. Shu sababdan Tlexugov Qozog‘iston fuqaroligini olgan. 2004-yilda milliy terma jamoa ustozi Leonid Paxomov Olmaotada Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida futbolchini maydonga tushirgan. Bu oʻyinda Qozogʻiston 2:3 hisobida magʻlub boʻlgan va Paxomov darhol isteʼfoga chiqqan. Shundan soʻng Tlexugovni terma jamoaga hech kim taklif qilmagan.

2003―2006-yillarda „Qayrat“ klubida oʻynagan Tlexugov poytaxt klubiga qaytgan. Lekin zahira oʻrindi’gi tarkibida qolib ketdi. 2008-yilgi mavsumda Oʻzbekistonning „Buxoro“ klubiga oʻtgan, ammo bu yerda umuman maydonga tushmagan va shu yili 32 yoshida faoliyatini yakunlagan.

Yutuqlari tahrir

Qozogʻiston chempioni: 2001, 2004

Qozog‘iston kubogi: 2002, 2003

Qozogʻistonning eng yaxshi futbolchisi: 2001

Qozogʻiston chempionatining eng yaxshi hujumchisi: 2001, 2004

Manbalar tahrir

  1. „Arsen Tlekhugov“. transfermarkt.com. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 „Тлехугов Арсен Вячеславович“. https://footballfacts.ru/. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.