Arshin mol olon (ozarbayjoncha: Arşın mal alan) 1965-yilda ekranlashtirilgan Ozarbayjon filmi boʻlib, Üzeyir Hacıbəyovning ayni nomli musiqali komediyasi asosida suratga olingan. Film rejissori — Tofiq Tağızadə, bosh qahramonlar esa Həsən Məmmədov, Leyla Şıxlinskaya, Ağadadaş Qurbanov, Nəcibə Məlikova, Hacımurad Yegizarov, Xuraman Hacıyeva, Tələt Rəhmanov va Səfurə İbrahimova tomonidan jonlantirilgan.

Arshin mol olon
Rejissyor(lar) Tofiq Tağızadə
Ssenariynavis(lar) Tofiq Tağızadə
Muxtar Dadaşov
Rollarda Həsən Məmmədov
Leyla Şıxlinskaya
Ağadadaş Qurbanov
Nəcibə Məlikova
Hacımurad Yegizarov
Xuraman Hacıyeva
Tələt Rəhmanov
Səfurə İbrahimova
Bastakor(lar) Üzeyir Hacıbəyov
Studiya(lar) Azərbaycanfilm
Chiqarilgan sanasi 1965
Davomiyligi 85 daqiqa
Mamlakat Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon

Mazmuni tahrir

Yosh va boy savdogar Asqar uylanish harakatiga tushadi. U boshqalardan farqli oʻlaroq oʻz qalligʻini toʻydan oldin koʻrishni istaydi. Lekin oʻsha vaqtda iloji yoʻq edi. Endilikda yordamga uning qadrdon doʻsti Sulaymon keladi va unga arshin molchi boʻlib uylarni kezishini, chit-pit sotib oʻz sevgisini topishini maslahat beradi.

Rollarda tahrir

  • Asqar — Hasan Mammedov, dublajda Sobirjon Rahimjonov;
  • Gulchehra — Leyla Shixlinskaya, dublajda Rimma Ahmedova;
  • Sultonbek — Ogʻadadash Qurbonov, dublajda Abdurauf Boltayev;
  • Jahon — Najiba Malikova, dublajda Maryam Yoqubova;
  • Sulaymon — Hojimurod Yagizarov, dublajda Obid Yunusov;
  • Osiyo — Xuraman Hojiyeva, dublajda Mukambar Rahimova;
  • Vali — Tal’at Rahmonov, dublajda Toʻlqin Tojiyev;
  • Telli — Safura Ibrohimova, dublajda Toʻti Yusupova.

Ishlab chiqarish tahrir

Arshin mol olon filmi dastlab 1945-yil Boku kinostudiyasida suratga olingan. Lekin birinchi filmni texnik jihatdan qayta ishlash kerak boʻlgan. Shu sabab 1965-yil Azərbaycanfilm studiyasiga mazkur asarni yaxshi sifatli tarzda qayta suratga olish buyurtma qilinadi.

Arshin mol olon musiqali filmining 1965-yilgi versiyasi Oʻzbekfilm kinostudiyasida oʻzbek tiliga dublaj qilinadi.


Manbalar tahrir