Artak Ghulyan
Artak Ghulyan (armancha: Արտակ Ղուլյան; 1958-yil 28-dekabr) – arman arxitektori va dizayneri, arxitektura fanlari doktori, dotsent va Xalqaro arxitektura akademiyasining professori[1]. 2013-yil sentabr oyida „Armaniston Respublikasida xizmat koʻrsatgan meʼmor“ unvonini oldi. 2013-yil dekabr oyida u Muqaddas Etchmiadzin onasi qoshidagi Vatche va Tamar Manukyan qoʻlyozmalari kutubxonasi binosini loyihalashtirgani uchun „Armaniston Respublikasi Davlat mukofoti“ bilan taqdirlandi[2][3].
Artak Ghulyan | |
---|---|
Tavalludi |
28-dekabr 1958-yil |
Fuqaroligi | Armaniston |
Kasbi | Arxitektor |
Mashhur ishlari | Avliyo John Baptist cherkovi, Muqaddas Transfiguratsiya sobori, Vatche va Tamar Manukyan qoʻlyozmalari kutubxonasi |
Mukofotlari |
Armaniston Respublikasida xizmat koʻrsatgan meʼmor Armaniston Respublikasi Davlat mukofoti (2013) |
Veb-sayti | ghulyanarchitects.com |
Ghulyan koʻplab binolar va yodgorliklarining muallifi, ammo uning shon-sharafi asosan yangi arman cherkovlarining evolyutsion dizayni bilan bogʻliq[4].
Hayoti
tahrirArtak Ghulyan 1958-yilda Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibidagi Togʻli Qorabogʻ avtonom viloyatidan tashqarida, koʻpchilik armanlardan tashkil topgan Shohumyan viloyatining Gülüstan qishlogʻida tugʻilgan. Uning ota-onasi qishloq maktabida oʻqituvchi boʻlgan.
1976-yilda oʻzining tugʻilib oʻsgan qishlogʻida oʻrta taʼlimni faxriy diplom bilan tugatgandan soʻng, Gʻulyan Sovet davrida Karl Marks nomidagi Politexnika instituti nomi bilan mashhur boʻlgan Armaniston Milliy arxitektura va qurilish universitetining arxitektura fakultetida tahsil olish uchun Yerevanga koʻchib oʻtgan. 1981-yilda universitetni tamomlagan.
1981-yildan 1988-yilgacha Ghulyan Politexnika institutining arxitektura fakultetida arxitektura dizayni asoslaridan dars beruvchi assistent oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1988—1991-yillarda Armaniston Milliy Fanlar Akademiyasi Sanʼat institutida Arxitektura boʻlimida ishlagan. 1991—1994-yillarda Ghulyan Armaniston Respublikasi Yodgorliklarni muhofaza qilish boshqarmasining Oʻrta asr yodgorliklari boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. 1994-yilda Milliy akademiyaning rassomlik institutida kishlagan. 1988—2010-yillarda Ghulyan bir vaqtning oʻzida Armaniston Milliy arxitektura va qurilish universitetining arxitektura fakultetida meʼmor nazariyasi va tarixiy obidalarni restavratsiya qilish boʻyicha maʼruzalar oʻqigan. 2002-yilda Ghulyan dotsent boʻldi, keyinroq 2006-yilda Armaniston Arxitektura va qurilish universitetida arxitektura fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi[5]. Artak Ghulyan Yerevan Brusov nomidagi tillar va ijtimoiy fanlar universiteti bitiruvchisi Hasmik Stepanyanga uylangan. Ularning 2 nafar farzandi bor.
Galereya
tahrirArtak Ghulyan ishlarida naʼmunalar
tahrir-
Manukyan qo'lyozmalari kutubxonasi
-
Avliyo John Abovyan cherkovi
-
Moskvadagi arman monastiri majmuasi
-
Surp Govhannes cherkovi
-
Surp Karapet cherkovi
-
Muqaddas Archangels cherkovi
-
Muqaddas shahidlar cherkovi
-
Surp Govhannes cherkovi
-
Muqaddas Najotkor cherkovi
-
Muqaddas Xoch cherkovi
-
Quba Mere Diwane Yazidiy ibodatxonasi
Manbalar
tahrir- ↑ „Aratk Ghulyan biography“. 2017-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-fevral.
- ↑ Artak Ghulyanʼs profile at architizer.com
- ↑ President Serzh Sargsyan handed the RA State Awards for 2013
- ↑ Architect Artak Ghulyan
- ↑ „On the occasion of Artak Ghulyanʼs birthday“. 2017-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 31-may.
Havolalar
tahrirVikiomborda Artak Ghulyan haqida turkum mavjud |
- Artak Ghulyan biography (Wayback Machine saytida 2021-12-25 sanasida arxivlangan)