Bosh menuni ochish
Artur Rembo

Artur Rembo
Asl ismi Jean Nicolas Arthur Rimbaud
Tugʻilishi
Jean Nicolas Arthur Rimbaud

1854-yil 20-oktabr
Vafoti 1891-yil 10-noyabr
Marsel

Hayot yoʻliTahrirlash

Rembo Artur (fransuzcha: Jean Nicolas Arthur Rimbaud) — fransuz shoiri. Rembo Artur 1854-yilning 20-oktabrida Fransiyanining shimoli-sharqiy qismida Sharlevilda tugʻilgan. Uning otasi, Fredrik Rembo, harbiy boʻlib, Jazoirda xizmat qilgan. Onasi, Mari-Katrin-Vitali Kyuif, oddiy xizmatchi oilasidan boʻlgan. 4 yoshligida ularni otasi tashlab ketadi va shundan soʻng Arturni onasi tarbiyalay boshlaydi. Boshlangʻish taʼlimni Sharlevil litseyida oladi. 1870-yilda birinchi sheʼri chop etilgach, 16 yoshida Rembo Fransiyaning shimoli va Belgiyaning janubiga sayohatini boshlaydi. 17 yoshida Parijda shoir Pol Verlon bilan tanishadi va bir muddatga uning yaqin doʻstiga aylanadi. Verlen Remboni Parijga taklif qiladi va yoʻl harajatlarini oʻzi qoplaydi.

Rembo zamonaviy madaniyatdaTahrirlash

XX asrda Remboning meʼrosi munozaralar mavzusiga aylangan. Fransuz shoirlaridan Giyom Appoliner va Pol Elyuar Remboning umumeʼtirof qilingan izdoshlaridan hisoblanishadi. Remboning dunyoqarashi va sheʼriyati Genri Millerning ijodiga taʼsir koʻrsatgan. XX asrning ikkinchi yarmida Artur Rembo juda katta mashhurlikka erishgan. 1991-yilda Rishar Dindoning "Arthur Rimbaud — Une biographie" filmi dunyo yuzini koʻrdi. Qoʻshiqchi va shoira Patti Smit oʻz ishlarida uni koʻp bor esga oladi.