Artur Adson (1889-yil 3-fevral (22 yanvar), Sänna, Rossiya imperiyasi – 1977-yil 5-yanvar, Stokgolm, Shvetsiya) – estoniyalik shoir, yozuvchi va teatr tanqidchisi[1].

Artur Adson
Tavalludi
Karl Artur Adson

3-fevral (22-yanvar) 1889-yil
Vafoti 5-yanvar 1977-yil
Stokgolm, Shvetsiya
Ijod qilgan tillari Eston tili
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Estoniya va Shvetsiya
Turmush oʻrtogʻi Marie Under

Hayoti

tahrir

Artur Adson (tugʻilganidagi ismi Karl Artur Adson) 1889-yil 3-fevralda (baʼzi maʼlumotlarda 22-yanvar) Rossiya imperiyasi tarkibiga kiruvchi Sänna shahrida tugʻilgan. U Tartu, Sänna va Võru shaharlaridagi maktablarda oʻqigan. Maktabni tugatgandan soʻng Pskovda geodeziya boʻyicha tahsil olgan. 1925—1926-yillar davomida Tartu universitetining adabiyot fakultetida tahsil olgan. Artur Adson Estoniya va Rossiyada tadqiqotchi, jurnalist hamda teatr tanqidchisi boʻlib ishlagan. U boʻlajak rafiqasi Marie Under bilan 1913-yilda tanishgan va ular 1927-yilda turmush qurishgan.

Adabiyotdagi faoliyati

tahrir
 
Adson (chapdan ikkinchi) 1917-yilda Siuru harakati aʼzolari bilan

1917-yilda Artur Adson eston adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan Siuru adabiy harakatining aʼzosiga aylangan. Keyinchalik Adson Tarapita harakatida ham faol ishtirok etgan. Bundan tashqari, u janubiy Estoniyaning voro tilida ijod qiladigan eng koʻzga koʻringan shoirlaridan biri boʻlgan. Artur teatr tanqidchisi va adabiyotshunos sifatida Estoniya Respublikasining madaniy merosiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Adson tarjimonlik bilan ham shugʻullangan. U „Doctor Zhivago“ asarini eston tiliga tarjima qilgan[2].

Surgun qilinishi

tahrir
 
Artur Adson va Marie Underning Stokgolm shahridagi qabri

Sovet Ittifoqi Estoniyani bosib olishi bilan Artur Adson va uning rafiqasi Shvetsiyaga surgun qilingan. Artur u yerda arxivchi sifatida ishga joylashgan. Ularning ikkalasi ham eston adabiyotiga hissa qoʻshishni Shvetsiyada ham davom ettirgan. U Stokgolm shahrida 87 yoshida vafot etgan. Artur Adson ham, rafiqasi Marie Under ham Stokgolmdagi Skogskyrkogården qabristoniga dafn etilgan.

Sheʼriy toʻplamlari

tahrir
  • Henge palangoq (1917)
  • Vana laterna (1919)
  • Roosikrants (1920)
  • Kaduvik (1927)
  • Katai, kibuvits nink kivi (1928)
  • Pärlijõgi (1931)
  • Lehekülg ajaraamatust (1937)
  • Värsivakk (1959)
  • Rahumäe kannel (1973)
  • Luuletused (1990)

Pyesalari

tahrir
  • Toomapäev (1928)
  • Neli kuningat (1931)
  • Lauluisa ja Kirjaneitsi (1930)
  • Kolmas tee (1932)
  • Iluduskuninganna (1933)
  • Elav kapital (1934)
  • Karu läheb mee lõksu (1936)
  • Üks tuvi lendab merele (1937)

Xotiralari

tahrir
  • Käsikivi (1922)
  • Neli veskit (1946)
  • Väikelinna moosekant (1946)
  • Ise idas – silmad läänes (1948)
  • Siuru-raamat (1949)
  • Reisiraamat (1950)
  • Lahkumine (1951)
  • Kadunud maailm (1954)

Bolalar uchun yozgan kitobi

tahrir
  • Nakits: lugu väikesest lõbusast ja targast koerast (1944)

Manbalar

tahrir
  1. Don Rubin, Peter Nagy, Philippe Rouyer, World Encyclopedia of Contemporary Theatre: Europe, Taylor & Francis, 1995, ISBN 0-415-05928-3, p248
  2. Vabar, Sven „Artur Adson“ (en). sisu-vana.ut.ee. Qaraldi: 2024-yil 14-may.[sayt ishlamaydi]

Havolalar

tahrir