Arva as-Sulayhiy (arabcha: أَرْوَى بِنْت أَحْمَد ابْن مُحَمَّد ابْن جَعْفَر ابْن مُوْسَى ٱلصُّلَيْحِي), (tax. 1048 —  1138) 1067-yildan 1138-yildagi vafotigacha, avvaliga ikki eri bilan, soʻngra yakka oʻzi Yamanda uzoq vaqt hukmronlik qilgan[1]. U Sulayhiylar sulolasi hukmdorlarining oxirgisi boʻlib, shialikning ismoiliy boʻlimida Hujja degan nufuzli unvonga sazovor boʻlgan birinchi ayoldir. Ismoiliy taʼlimotida, u oʻz hayoti davomida Xudo irodasiga koʻra hukmronlik qilganlarning tirik timsoli sifatida tariflanadi. U xalq orasida As-Sayyidah Al-Hurra (arabcha: ٱلسَّيِّدَة ٱلْحُرَّة), Al-Malikah Al-Hurra (arabcha: ٱلْمَلِكَة ٱلْحُرَّة) yoki Al-Hurratul-Malika (arabcha: ٱلْحُرَّةُ ٱلْمَلِكَة) va Malikat Sabaʾ Aṣ-Ṣaghīrah (arabcha: مَلِكَة سَبَأ ٱلصَّغِيْرَة) nomlari bilan tanilgan[2].

Arva as-Sulayhiy

Jibladagi Qirolicha Arva masjidi ichida joylashgan Qirolicha Arva maqbarasi
Tavalludi milodiy 1048-yil (hijriy 440-yil)
Vafoti 5-may 1138 (yoshi 89–90)
Jibla, Sulayhiylar Yamani
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari Abdulimom Muhammad
Abd al-Mustansir Ali
Fotima
Ummu Hamdan
Otasi Ahmad ibn Muhammad

Ayol hukmdor sifatida Arva tarixda deyarli beqiyos oʻringa ega: garchi xalqaro musulmon olamida koʻplab ayol hukmdorlar boʻlgan boʻlsa-da, Arva va Asma bint Shihob musulmon arab dunyosidagi oʻz nomi bilan masjidlarda xutba oʻqitgan kamsonli ayol hukmdorlardan edi. Xutba musulmon olamida hukmdor maqomining oliy eʼtirofi hisoblanib, bu holat ularning nufuzini yana ham oshirgan. U bir nechta masjidlarga asos solgan, ularning orasida eng mashhuri Qirolicha Arva masjididir.

Arva musulmon dunyosidagi hukmronlik qilgan birinchi malika edi. U oʻzining hujja unvoni tufayli, oʻz huquqida ham siyosiy, ham diniy hokimiyatni qoʻlga olgan yagona musulmon ayol hisoblanadi.

Uning siyosiy faoliyatini asosan toʻrt bosqichga boʻlish mumkin. Birinchi bosqich 1065-yilda al-Mukarram Ahmad bilan turmush qurganidan, to 1074-yilda qaynonasi Asmo vafot etgunga qadar boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bu davrda uning siyosiy hokimiyatdagi oʻrni haqida hech qanday maʼlumot mavjud emas. Ikkinchi bosqich, Asmo vafotidan soʻng boshlanadi. Ahmad 1086-yilda, oʻz vafotiga qadar barcha hokimiyat vakolatlarini Arvaga topshira boshlaydi. Uchinchi bosqichda, Ahmadning oʻlimidan keyin, Arva oʻgʻli Abd al-Mustansirning malika onasi sifatida hokimiyatni qoʻlga oladi. Shuningdek, al-Mustansir unga Sabaʼ as-Sulahiy bilan nikohdan oʻtishni buyuradi (garchi bu nikoh hech qachon toʻliq boʻlmagan boʻlsa-da). Shundan soʻng, Arva amalda hokimiyatni boshqarsa-da, rasman turmush oʻrtogʻi nomidan faoliyat yuritadi. Nihoyat, toʻrtinchi bosqich 1097 yoki 1098-yillarda Sabaʼ vafotidan keyin boshlanadi. Bu davrda Arvaga hech qanday erkak rasman mas’ul boʻlmagan holda, yolgʻiz malika sifatida mustaqil hukmronlik qiladi.

Manbalar

tahrir
  1. El-Azhari, Taef. Queens, Eunuchs, and Concubines in Islamic History, 661-1257. Edinburgh University Press, 2021 — 196–252-bet. ISBN 978-1-4744-2319-9. Qaraldi: 2022-yil 22-mart. 
  2. Haeri, Shahla (2020), The Unforgettable Queens of Islam, Cambridge University Press, 89–105-bet, ISBN 978-1-107-55489-4

Adabiyotlar

tahrir
  • Sayyida Hurra. „The Ismāʿīlī Sulayhid Queen of Yemen by Farhad Daftary“; Gavin R. G. Hambly tomonidan tahrirlangan Women in the Medieval Islamic World (O‘rta asrlar islom dunyosidagi ayollar) kitobida keltirilgan