Asʼhob ul-uxdud
Asʼhob ul-uxdud (arabcha: choh egalari) – “Buruj” surasining 4-oyatidan keltirilgan iqtibos. A.U. haqida “Tarixi anbiyo va hukamo”da quyidagicha maʼlumot berilgan: ular asli yamanlik boʻlib, oʻzlariga oʻxshash imonsiz Zulvos ularga podshoh boʻlgan. Zulvosning sehrgar vaziri qarigan chogʻida bir yigitni shogirdlikka olib tarbiyalay boshlaydi. Oʻsha yigit tasodifan bir imonli obidga uchrab, pinhona tarzda shogird tushadi va yuksak ruhoniy martabalarga erishadi. Yigit bir kuni odamlarga hamla qilayotgan ajdahoni oʻz hukmiga boʻysundiradi. Podshoh hojibining koʻzini davolaganidan keyin hojib ham Allohga imon keltiradi. Podshoh hojibdan qanday shifo topganining sababini bilgach, obid va yigitni oʻz huzuriga chaqirib, dindan qaytishini buyuradi. Ular rozi boʻlmagach, hojib va obidni oʻldirib, yigitni dengizga tashlashni buyuradi. Yigitning duosi bilan mulozimlar suvda gʻarq boʻlib, yigit sogʻ-salomat qaytib keladi va podshohni dinga daʼvat qiladi. Podshoh yigitni togʻdan tashlab yubormoqchi, toshboʻron qilmoqchi, oʻqqa tutmoqchi boʻladi, ammo uning barcha harakati zoye ketadi. Yigitda Haq taolo vasli va ishqi gʻolib kelgani sababli, ularga Allohning nomini tilga olib oʻq uzishni maslahat beradi. Shundagina yigitga oʻq tegib halok boʻladi. Yigit oʻlgach, A.U. ham oʻtda butkul kuyib ketadi[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |