Asbest qogʻoz – Xrizotil-asbest tolasiga organik bogʻlovchi moddalar va kraxmal qoʻshib tayyorlanadigan material. Mustahkamlash uchun tarkibiga paxta tolasi qoʻshiladi. Asbest qogʻoz 0,2 – 1,5 mm qalinlikda rulon holida ishlab chiqariladi. Vazifasiga koʻra, issiqlikdan izolyatsiyalovchi, elektr dan izolyatsiyalovchi, suvdan izolyatsiyalovchi, diafragmaga ishlatiladigan, kalandrga ishlatiladigan xillarga boʻlinadi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar tahrir