Ashby kulollar Gildiyasi (inglizcha: Ashby Potters' Guild - 1909—1922-yillarda faoliyat yuritgan ingliz kulolchilik san'ati gildiyasi.

Uilyam Ault kompaniya mahsulotini tekshirmoqda

Kulolchilik ustaxonasiga 1909-yili Vudvilda (Angliyaning Derbishir shahrida) Pasko Tunniklif (1881-1956[1]) tomonidan asos solingan. Paskoning otasi Edvin Ruland (Edvin Ruland Tunniklif) 1897-yilda Viktoriya Pottery nomi bilan tanilgan keramika zavodiga egalik qilgan va turli uy-ro'zg'or buyumlarini yasagan. Ashby kulolchilik Gildiyasi ushbu biznesning koʻproq bezak buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yoʻnalishi edi. Pasko bir necha turdagi eksperimental dekorativ sirlangan idishlarni yasagan va dizayn borasida Tomas Kamm bilan hamkorlik qilib, unga pul toʻlagan<[2].

Tunniklif 1910-yili Bryussel xalqaro ko'rgazmasida, 1911-yili Turin xalqaro ko'rgazmasida, 1913-yili Gent ko'rgazmasida hamda 1920-yili Britaniya sanoat va san'at ko'rgazmasida qatnashgan.[2]

Birinchi jahon urushi paytida ishlab chiqarish vaqtincha to'xtatilgan. 1922-yilda kulolchilik korxonasi Ault Faience Pottery bilan birlashib, «Ault and Tunnicliffe»ni tashkil etadi. Ault Faience Pottery egasi Uilyam Ault nafaqaga chiqqach, Pasko Tunniklif ishlab chiqarish direktori bo'ladi. Keyinchalik, birlashgan kompaniya Aultcliff deb qayta nomlanadi. Keyinchalik, 1937-yilda Ault Potteries Ltd paydo boʻladi.[3]

Kulolchilik ishlarining namunalari Viktoriya va Albert muzeyi[4], Derbi sanʼat galereyasi va muzeyi hamda Yangi Zelandiyaning Te Papa Tongareva muzeyi kabi qator muzeylarda saqlanadi.

Manbalar tahrir

  1. „Vase“. Collections Online. Museum of New Zealand Te Papa Tongarewa (2011-yil 18-sentyabr). 2012-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 Fletcher, Richard „The Art Potteries of South Derbyshire“. An Ancestry.com community (8-iyul). 2012-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-sentyabr.
  3. „Vase“. V&A Search the Collections. Victoria and Albert Museum (2011-yil 18-sentyabr). 2012-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-sentyabr.
  4. „Ashby Potters' Guild“. Collections Online. Museum of New Zealand Te Papa Tongarewa (2011-yil 18-sentyabr). 2012-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-sentyabr.