Ashlyn Rae Willson (1993-yil 24-aprel),[2][3] Ashe taxallusi bilan yaxshi tanilgan, amerikalik qo'shiqchi-qo'shiq muallifi. Noah Conrad va Finneas O'Connell tomonidan ishlab chiqarilgan, Netflix filmida To All the Boys: P.S. I Still Love You (2020) Ashening 2019-yilda chiqqan "Moral of the Story" musiqasidan foydalanildi va bu unga juda katta mashhurlik keltirdi[4][5]. Ashe, shuningdek, Demi Lovatoning 2017-yilda chiqqan "You Don't Do It for Me Anymore" musiqasiga ham hammualliflik qilgan va Louis the Child, Lauv va Whethan jamoalari bilan gastrollarda qatnashgan. U Shaun Frank bilan birga yozilgan va oltin sertifikatga ega bo'lgan "Let You Get Away" musiqasi uchun Juno mukofoti bilan taqdirlangan. Bundan tashqari uning Ashlyn nomli debyut studio albomi 2021-yil 7-mayda, ikkinchi Rae nomli albomi 2022-yil 15-oktabrda ommaga taqdim etilgan va uchinchi Willson albomi esa 2024-yil 6-sentabrda muxlislarga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Ashe
Ashe (2018)
Ashe (2018)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Ashlyn Rae Willson
24-aprel 1993-yil (1993-04-24) (31 yosh)
Janrlar
Faoliyat yillari 2015-yil — hozirgacha
Fuqaroligi AQSh
Hamkorligi Finneas O'Connell, Niall Horan
Veb-sayt ashe-music.com

Yoshligi

tahrir

Ashlyn Rae Willson 1993-yil 24-aprelda Kalifornianing San Jose shahrida tavallud topgan[2][6]. 8 yoshidan boshlab pianino va vokal darslariga qatnasha boshlagan[6]. Ashening aytishicha, u faqat nasroniy radiolarini tinglab katta boʻlgan, ammo bobosi unga Bob Dylan, The Beatles va Jefferson Airplane kabilarni tanishtirgan va uning muvaffaqiyatga erishishiga qaysidir m'noda o'z hissasini qo'shgan[7]. U Carole Kingga hurmat bildirish ma'nosida sahnadagi nomiga e belgisini qo'shib qo'ygan. U Berkli musiqa kollejida oʻqigan va 2015-yilda zamonaviy musiqa yozish va zamonaviy musiqa yaratish yo'nalishini tamomlagan[8][9].

Faoliyati

tahrir

2015–2017-yillar:Faoliyatining ilk yillari

tahrir

Ashe ilk demosini 2015-yilda Ben Phippsning "Sleep Alone" trekida kuylashdan boshlaydi[10][9]. Keyingi ikki yil davomida e'tiborini Louis the Child kabi treklarga va Whethan kabi ijodkorlar bilan faoliyat olib borishga qaratadi. Uning 2016-yildagi Whethan bilan bilan birga yaratgan "Can't Hide" musiqasi ham AQSHning ham Global Spotify Viral 50da 2-o'rinni egallagan. Uning 2017-yilda Kanadalik DJ Shaun Frank bilan birga yaratgan "Let You Get Away" musiqasi Juno Awards 2017da Dance Recording of the Year naminatsiyasi bilan taqdirlanadi, 2019-yil Kanadada esa "Music recording gold certification" bilan taqdirlangan[11]. Bundan tashqari, Ashe Demi Lovatoga 2017-yilda AQSH platinasi bilan taqdirlangan Tell Me You Love Me (2017) albomidan " You Don't Do It For Me Any More " musiqasini yozishga ham yordam bergan[10]. Keyin, 2017-yil oktabrdan 2018-yil yanvar oralig'ida Louis the Child, Lauv va Whethanlar bilan gastrolda bo'adi[12].

2021: Ashlyn

tahrir

2021-yil mart oyida Ashe O'Connell bilan " Till Forever Falls Apart" deb nomlangan yana bir qo'shig'ini chiqaradi. Uning 2021-yil 7-mayda "Ashlyn" debyut albomi chiqadi, undan biroz oldin esa ya'ni 5-mayda "I'm Fine" va "When I'm Older" qo'shiqlari hamda "Me Without You" chiqarilgan.

2022–dan — hozirga qadar: Rae & Willson

tahrir

2022-yil 3-martda Ashe ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shig'idan parchalar e’lon qilgan, undan so‘ng “Another Man’s Jeans” musiqasining to'liq qismini chiqargan. 2022-yil 6-may kuni esa Ashe yana “Hope You're Not Happy” nomli musiqalaridan birini chiqargan.

Havolalar

tahrir
  1. Parsons, Tim „Ashe Making Mark On The Electro-pop Music Scene“ (2017-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-may.
  2. 2,0 2,1 „Ashlyn Rae Willson, Born 04/24/1993 in California“. California Birth Index. Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
  3. Willson, Ashlyn Rae „ASCAP Ace Search“. American Society of Composers, Authors and Publishers (ASCAP). Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
  4. Fu, Eddie „In Search Of: Ashe's "Moral Of The Story" Is Blowing Up Because Of Netflix“ (en) (2020-yil 27-fevral). Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
  5. Meredith, Karenna „P.S. I Still Love You: I Can't Get the Dramatic "Moral of the Story" Song Out of My Head“ (en-US). Popsugar (2020-yil 12-fevral). Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
  6. 6,0 6,1 Engel, Lauren „ASHE Interview- religion, marriage, ex-boyfriends, tinder, pop music standards“. Sidewalk Talk. YouTube (2017-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 1-mart.
  7. „B-Sides On-Air: Interview – Ashe Talks Beginnings, New Music“ (en-US). B-Sides (2018-yil 2-aprel).
  8. Petrelli, David „Nashville Pros: Ashlyn Willson“. Berklee College of Music. Qaraldi: 2018-yil 16-may.
  9. 9,0 9,1 Collar, Matt „Ashe: Biography & History“ (en-us). AllMusic. Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
  10. 10,0 10,1 Jiang, Ruth „PopCrush Presents: Ashe on Writing For Demi Lovato And Being An "Alt-Pop Girl"“. PopCrush (2017-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 16-may.
  11. „Dance Recording of the Year – Juno Awards: Drake, The Weeknd and Shawn Mendes Lead With Five Noms Each“ (en). The Hollywood Reporter (2017-yil 8-fevral). Qaraldi: 2020-yil 1-mart.
  12. Driscoll, Gillian „Interview: Ashe on Living Your Best Authentic Life“. Culture Collide (2018-yil 25-yanvar). 2020-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-may.