Ashhab – oqimtir, kulrang tusdagi ot. Adhamning muqobili. Saroy taomiliga koʻra, Ashhab asosan, bayramlar va qabul marosimlarida minilgan.  Vosifiyning guvohlik berishicha, Sulton Husayn Boyqaroning Ashhab laqabli oti boʻlgan.

Magar shah ashhabi ollinda payk boʻldi sipehr

Ki, qilmish oʻn kechalik oyni egnida nochax.

(“Gʻaroyib us-sigʻar”, 108-gʻazal)

Alisher Navoiy asarlarida Ashhab soʻzi majoziy maʼnoda kun, quyosh, falak, Buroq maʼnolarini ham bildiradi[1][2].

Manbalar tahrir

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Gʻaroyib us-sigʻar”.