Bosh menuni ochish

Ashxobod zilzilasi – 1948 yil 6 oktabr mahalliy vaqt bilan kechasi soat I dan 12 min. o‘tganda bo‘lgan kuchli zil-zila. Zilzila epitsentri Ashxobod shahridan janubi-g‘arbda, Qurug‘ovdonda, 10– 15 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi (M-7,0) epitsentrda 10 ballgacha yetdi. 1000 km² ga yaqin maydon 9 ball kuch bilan silkindi. Zilzilaning epitsentral zonasi (37,8° shahrik. va 58,6° shq.u.) Buzmayin – Ashxobod – Qurug‘ovdon chizig‘i bo‘ylab Kopetdog‘ tog‘larining shimoliy etagida shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa yo‘nalgan. Zilzila natijasida Ashxobod va uning atrofidagi qishloqlar vayron bo‘ldi. Ko‘p yerlarda yoriqlar, qum aralash butana suv fontanlari vujudga keldi, tog‘larda ko‘chkilar sodir bo‘ldi, yer osti suvlarining miqdori o‘zgardi. Yerning ustki qatlami vertikal yo‘nalishda siljidi. Ashxoboddan g‘arbda yer 33 sm ko‘tarildi, sharqda esa 22 sm cho‘kdi. Ashxobod shu ko‘tarilgan va cho‘kkan zonalarning tu-tashgan yerida joylashgan bo‘lganligi uchun bu yerda yer 70 sm dan 178 sm gacha gorizontal yo‘nalishda siljidi. Zilzila vaqtida vertikal (tik) silkinishlar bo‘lsa ham, lekin asosiy falokat janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga yo‘nalgan gorizon-tal tebranishlar natijasida ro‘y berdi. Asosiy zilziladan so‘ng bir necha oy mobaynida qayta silkinishlar (after-shok) davom etdi. Ashxobod zilziladan so‘ng qayta tiklandi va zamonaviy, obod shaharlardan biriga aylandi.[1]

Ashxobod zilzilasi
Ashxobod zilzilasi (Turkmaniston)
Bullseye1.png
Sana va
vaqti
6-oktabr, 1948-yil(1948-10-06)
Miqdori 7.3 Mw
Chuqurligi
Oʻchogʻi
15,0 km (9,3 mil)
Episentrning
joylashuvi
37°57′N 58°19′E / 37.95°N 58.32°E / 37.95; 58.32Koordinatalari: 37°57′N 58°19′E / 37.95°N 58.32°E / 37.95; 58.32
Taʼsir doirasidagi
davlatlar (hududlar)
Zilzila:
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston
Eron bayrogʻi Eron

ManbalarTahrirlash

  1. "Ashxobod zilzilasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil