Asiriy (18-asr 2- yarmi – 19-asr boshlari) – shoir va tarjimon. Turkiy va forsiyda ijod qilgan. 2 asarining qoʻlyozmasi saqlangan. Nasimiy hayotiga bagʻishlangan "Qissai Sayd Nasimiy" dostoni (1774)da shoir ijodi yuksak baholanadi. "Nuh manzar" ("Toʻqqiz manzara") asarini forsiydan turkiyga ijodiy tarjima qilgan. Unda an’anaviy "Sherzod va Gulshod" qissasi va u bilan bogʻliq 9 hikoya keltirilgan. Qissa oʻzbek tilida nashr etilgan. A. qoʻlyozmalari Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shche-drin nomidagi kutubxona (inv. № TNS – 85), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. № 4015)da saqlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Asiriy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil