Aslı Erdoğan
Aslı Erdoğan(1967-yil 8-mart)—turkiyalik yozuvchi, inson huquqlari himoyachisi va sobiq siyosiy mahkum, Oʻzgʻur Gündem gazetasi va sobiq „Radikal“ gazetasining sharhlovchisi. Uning ikkinchi romani ingliz tiliga[2][3] va sakkizta kitobi yigirma tilga tarjima qilingan.
Aslı Erdoğan | |
---|---|
Aslı Erdoğan (2020) | |
Tavalludi |
8-mart 1967-yil Istanbul, Turkiya |
Taxallusi | Aslı Erdoğan (2020-dan Carole Parodi) |
Kasbi | Yozuvchi va inson huquqlari himoyachisi |
Ijod qilgan tillari | Turk tili[1] |
Fuqaroligi | Turkiya |
Taʼlimi |
Robert College Boğaziçi University |
Mukofotlari |
Chevalier des Arts et des Lettres (2020) Simone de Beauvoir Price (2018) Václav Havel Price (2019) Erich Maria Remarque Price (2018) Tucholsky Award (2016) D. Welle Story Awards (1997) Sait Faik Story Awards (2010) |
Aslı Erdoğan-adabiyot yozuvchisi, Actes Sud, Penguin Germany, The City kabi turli nashriyotlar tomonidan nashr etilgan, ingliz, fransuz, nemis kabi yigirma tilga tarjima qilingan sakkizta kitob, roman, sheʼriy nasr va insholar toʻplamlari muallifi. U turli milliy va xalqaro gazetalarda sharhlovchi boʻlib ishlagan va 2016-yilda kurdparast Özgür Gündem gazetasi bilan hamkorlik qilgani uchun hibsga olingan. Asli Erdoğan adabiyot, sanʼat va inson huquqlari boʻyicha Simone de Beauvoir mukofoti, Erich Maria Remarque Tinchlik mukofoti kabi koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan. Uning asosiy faoliyati teatr sohasi boʻlsada, Milan, Grats va Avignonda[4] klassik baletda, radioda, qisqa metrajli filmda[5] va hatto operada ham faoliyat koʻrsatgan. Hozirda u Germaniyada muhojirlikda yashaydi[6].
Yoshligi
tahrirU Istanbulda tugʻilgan, 1983-yilda Robert kollejini va 1988-yilda Boğoziçi universiteti kompyuter muhandisligi boʻlimini tamomlagan. CERN da zarrachalar fizikasi boʻlimida ishlagan va 1991-yildan 1993-yilgacha u yerda olib borgan tadqiqotlari natijasida Boğoziçi universitetida fizika boʻyicha fan mutaxasisi darajasini olgan[7]. U 1996-yilda doimiy yozuvchi boʻlish uchun Turkiyaga qaytishidan oldin, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida fizika boʻyicha PhD uchun tadqiqot ishlarini olib borgan[8].
Yozuvchilik faoliyati
tahrirUning The Final Farewell Note nomli ilk hikoyasi 1990-yilda Yunus Nadi nomidagi Yozuvchilar Tanlovida uchinchi oʻrinni egallaydi. Uning birinchi romani „Kabuk Odam“ („Qoʻrgʻon odam“) 1994-yilda nashr etilgan va 1996-yilda „Mucizevi mandarin“ („Moʻjizaviy mandarin“) bir-biriga bogʻlangan hikoyalar turkumi bilan chiqqan. Uning „Yogʻoch qushlar“ nomli qissasi 1997-yilgi tanlovda Deutsche Welle radiosidan birinchi mukofotga sazovor boʻlgan va ikkinchi romani „Kırmızı Pelerinli Kent“ („Qizil ridodagi shahar“) xorijda koʻplab maqtovlarga sazovor boʻlgan va ingliz tiliga tarjima qilingan[8].
U 1998-yildan 2000-yilgacha PEN Internationalning Qamoqxonadagi yozuvchilar qoʻmitasining Turkiyadagi vakili boʻlgan. Shuningdek, Turkiyaning Radikal gazetasi uchun „Boshqalar“ nomli ruknini yozgan, maqolalari keyinchalik toʻplanib, Bir Yolculuk Ne Zaman Biter nomi ostida nashr etilgan[9].
U koʻp sayohat qilgan va antropologiya va Amerika qitʼasining mahalliy xalqlari madaniyatiga qiziqqan.
2011-yil dekabridan 2012-yilning mayigacha Literaturhaus Zürich va PWG Foundation taklifiga binoan[10], Erdoğan Zürichning „qarorgohdagi yozuvchisi“ boʻlgan[11].
U 2016-yilda Polshaning Krakov shahridagi Xalqaro qochoq shaharlari ICORN jurnalining rezident-yozuvchisi boʻlgan. Turkiyaga qaytganidan keyin u kurd tarafdorlari uchun Özgur Gündem jurnalida yozishni davom ettirgan[12].
Hibsga olinishi
tahrirErdogʻan 2016-yil 16-avgust kuni Özgür Gündem gazetasiga politsiya tomonidan uyushtirilgan reyd chogʻida gazetaning maslahat kengashi aʼzosi sifatida hibsga olingan va 20-avgust kunidan boshlab u suddan oldingi hibsxonada saqlanadi[13][14] Özgur Gündem Özgürlükçü Demokrasi (Libertar Demokratiya) yaʼni „Aslining doʻstlari“ deb nomlangan kundalik ruknini orqali tezda muvaffaqiyatga erishgan[15]. Toʻrt oydan keyin u sudgacha ozod qilindi. 2017-yil iyun oyida sayohatga qoʻyilgan taqiq olib tashlanganidan soʻng u Turkiyadan Germaniyaga joʻnab ketdi va u yerda surgunda yashadi[16].
Ingliz tilidagi asarlari
tahrirQizil plashdagi shahar (turkcha nomi: Kırmızı Pelerinli Kent) – turk yozuvchisi Aslı Erdoğanning 1998-yilda yozilgan romani, 2007-yilda Soft Skull Press nashriyotida Emi Spangler tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan[2].
Hikoyada yosh turk qahramoni Özgur oʻtmishini unutgan, oʻzini tashqi dunyodan yiroqlashtirgan, qashshoq, och va ruhiy tushkunlik holatidagi qahramon sifatida tasvirlanadi va bu hikoyada uning tuzoqqa tushishiga va hamma narsasini oʻgʻirlanishiga sababchi boʻlgan shahar haqida yozish – Rio-de-Janeyroga qarshi eʼlon qilingan keng qamrovli urushda —uning quroli vazifasini bajara olgan.
Amy Benfer „Barnes & Nobleda yozgan maqolasida romanga Erdoğan murakkabroq tuzilishdan foydalanish orqali romanni yanada yaxshiroq holatga keltirishi mumkin edi. Ammo bu sayoz tuzilma asar muvaffaqqiyatiga toʻsqinlik qilolmadi“- deya fikr bildirgan edi"[17].
Tosh binosi va boshqa joylar bu uchta hikoya va bitta qissadan ("Tonggi mehmon, " "Yogʻoch qushlar, " "Qamoqxona, " va Tosh binosi) iborat toʻplamdir. Bu toʻplam Turkiyada eng koʻp sotilgan kitoblardan biri hisoblanadi[18].
Bir-biri bilan mantiqiy bogʻlangan ushbu hikoyalar surgun, ogʻir xastaliklar va yaqinlarining qamoqqa olinishi kabi atrofdagi tashqi sabablar orqali hayotlari izdan chiqqan ayyolarni tasvirlaydi. Ushbu hikoyalar qissa bilan yakunlanadi; „tosh binosi“ qahramonlar hayotini boshqaruvchi turli xil repressiv institutlar – qamoqxonalar, politsiya boshqarmalari, shifoxonalar va psixiatriya kasalxonalari uchun metafora hisoblanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 „The City in Crimson Cloak“. Soft Skull Press. 2009-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Aslı Erdoğan“. Bogazici University. 2005-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-oktyabr.
- ↑ „"Requiem pour une ville perdue" d'Asli Erdoğan“ (fr). France Culture (2020-yil 10-iyul). Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.
- ↑ „Captif“ (fr-FR). Captif. Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Exiled Turkish novelist Asli Erdoğan acquitted in terror trial“ (en). France 24 (2020-yil 14-fevral). Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.
- ↑ „Asli Erdogan – Astier-Pécher Literary & Film Agentligi“ (en-EN). 2022-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-dekabr.
- ↑ 8,0 8,1 „Aslı Erdoğan“. Unionsverlag. Qaraldi: 2009-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Aslı Erdoğan“. International PEN. 2008-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Stiftung PWG - Bosh sahifa“. Qaraldi: 2019-yil 26-avgust.
- ↑ „Rezidensiyadagi yozuvchi“ (de). Der Landbote. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
- ↑ „Asli Erdogan detained in Turkey“. ICORN (2016-yil 18-avgust). 2016-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-avgust.
- ↑ „Turkey arrests novelist Aslı Erdoğan over 'terror' charges“ (2016-yil 20-avgust). Qaraldi: 2016-yil 21-avgust.
- ↑ „Özgür Gündem Yazarı Aslı Erdoğan gözaltında“ (tr) (2016-yil 17-avgust). Qaraldi: 2016-yil 21-avgust.
- ↑ „Turkiya: taniqli yozuvchi va faol Asli Erdo'g'an qamaldi“. [ [English PEN]] (22-avgust 2016-yil).
- ↑ Luque, Xavier [https: //freeturkeyjournalists.ipi.media/trials-calendar/ozgur-gundem-main-trial-3-2-2-2-2-2-2-2/ „Ozgur Gündem Main Trial“] (en-US).
- ↑ Benfer, Amy „The City in Crimson Cloak“. barnesandnoble.com. Qaraldi: 2010-yil 2-sentyabr.
- ↑ Arango, Tim. „Torn Ballet Shoes, and a Life Upended“. The New York Times (2017-yil 2-mart). Qaraldi: 2017-yil 2-may.
Qoʻshimcha havolalar
tahrir- İmşir, Şirma Begüm. Dictionary of Literary Biography: Post-1960 Novelists in Turkey, Volume 379, Gale Cengage Learning, Bruccoli Clark, 2013 — 87–92-bet. ISBN 9780787696542.
- Rasmiy sayti
- We Left a Deep Invisible Mark Behind Us by Aslı Erdoğan at Eurozine
- Aslı Erdoğan Biography