Asom Oʻrinboyev
Asom Oʻrinboyev (1929.15.5, Toshkent - 2009, Toshkent) — sharqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (2001), tarix fanlari doktori (1985).
Oʻrta Osiyo universitetining Sharq fakultetini tugatgan (1950). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida kichik ilmiy xodim (1953—60), katta ilmiy xodim (1960—69), boʻlim mudiri (1969—87; 1993—94), institut direktori (1987—93), yetakchi ilmiy xodim (1994-yildan), grant mavzu rahbari (2003-yildan). Ilmiy faoliyati, asosan, Temuriylar davri tarixiga oid Sharq manbalarini oʻzbek va rus tillariga ta"rjima qilib, ilmiy izohlar bilan nashr etish, Sharq qoʻlyozmalarini tavsiflash va ularning fihristini tuzish, hujjatlar va yozishmalarni tadqiq qilish va nashrga tayyorlash kabi yoʻnalishlarga oid.
Oʻ. Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan Sharq qoʻlyozmalari fihristlarining hammuallifi va ilmiy muharriri. Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" asari oʻzbekcha nashrining ishtirokchisi.
Ayrim tadqiqotlari xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida Eron, Afgʻoniston, BAA, Germaniya, Yaponiya va AQShda chop etilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotti laureati (1989).
Ilmiy yoʻnalishi
tahrir- Tarixiy manbashunoslik, tarixiy tadqiqotlar metodlari. 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi (Dushanbe, 1982; Moskva, 1983; Alma-Ata, 1985 va b.).
- Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi(1989). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (2001). OʻzR Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan, bir necha medallar bilan mukofotlangan.
Asosiy ilmiy ishlar
tahrir- Nomz. diss. mavzusi: “Abdurazzoq Samarqandiyning Hindiston safarnomasi”. – T., 1961 (monografiya boʻyicha).
- Dokt. diss. mavzusi: “Pisma-avtograf Abduraxmana Djami iz «Alboma Navoi” kak istoricheskiy istochnik». – T., 1984.
1. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 5 tomlik. – Toshkent, 1954 – 1961. - oʻzb. tiliga tarj. Kitob 1. 1954 (2-nashri, 1982). – B.197 – 267; Kitob 2. 1956 (2-nashri, 1982). – B.549 – 656; Kitob 3. 1960 (2-nashri, 1980). – B.109 – 275. -A. Muradov bilan hammualliflikda; Kitob 4. 1960 (2-nashri, 1980). – B.11 – 518. -A. Rasulev bilan hammualliflikda.
2. Neizvestnaya rukopis po istorii Kokandskogo xanstva // Izvestiya AN RUz. Seriya obщ. n. - Tashkent, 1957. – №3. – S. 33 – 38. -oʻzb.rezyumesi bilan.
3. Abdurazzoq Samarqandiyning Hindiston safarnomasi (1442 – 1444-yillar). – Toshkent: Oʻz FA nashriyoti, 1960. - 133 va 97 b. - oʻzb. va fors tillarda (Nomz. dis-yasi sifatida himoya qilingan).
4. Abdurazzoq Samarqandiy. – Toshkent: Fan, 1965 - 45 b.
5. Rukopisi proizvedeniy Abdurraxmana Djami v Sobranii In-ta vostokovedeniya AN RUz – Tashkent: Fan, 1965. - 101 s. - Sost. sovm. s L. M.Yepifanovoy.
6. The Letters of Abdarrahman Jami as a Source of the Haracteristics of the Poetʻs Personality // Jadnameye Jan Rypka. Prague, 1967. P. 155 – 159. – Sovm. s L.M. Yepifanovoy. – To je // Afghanistan. Vo1. 27. – Kabul, 1974. № 2. -R. 78 – 85.
7. Abdurazzoq Samarqandiy. Matlaʼi saʼdayn va majmaʼi bahrayn / kirish soʻz, forsiydan tarjima, izohlar, koʻrsatkichlar muallifi. – Toshkent: Fan, 1969. - 464 b.
8. K voprosu o vremeni vыezda Ali Kushchi iz Sredney Azii // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Tashkent, 1971. - № 9. – S. 51 – 56.
9. Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma /soʻz boshi, faksimil matn, izohlar, koʻrsatkichlar muallifi. – Toshkent: Fan, 1972. -1240 b. -oʻzb., rus va ingl. tillarida.
10. Abdurahmon Jomiyning “Navoiy albomi”dagi dastxat maktublari. – Toshkent: Fan, 1982. -160, 104 b. – turkiy va fors tillarida.
11. Alisher Navoiy biografiyasiga oid ikki hujjat // Adabiy meros. – Toshkent, 1982. – № 2. – B.57 – 62.
12. Jomiy maktublari // Xuroson. – Kobul, 1982. – № 4. – B.53 – 70. –dari tilida.
13. Muhammad Solih-Toshkent yilnomachisi. – Toshkent: Fan, 1983. -56 b. – O. Boʻriyev bilan hammualliflikda.
14. Jomiyning dastxat maktublari / Nashrga tayyorlovchi. – Kobul: Davlati matbaa, 1985. - 217 b. –fors tilida.
15. Sobraniye vost. rukopisey AN UzSSR. – Tashkent: Fan. T.5. 1960. -540 s. -Sovm. s dr.; T.6. 1963, - 52 opisaniya; T.7. / Sost., Red., uchastiye . 1964. -554 s; T.9. / Sost. i red. 1971. -600 s.; t. XI, 1987.445 s. -Sovm. L.M. Yepifanovoy.
16. Pisma-avtografы iz “Alboma Navoi” – istochnik dlya izucheniya nalogooblojeniya v Xorasane XV v. // Bartoldovskiye chteniya: Tezisы dokladov i soobщeniy. – Moskva: Nauka, 1987.
17. Abdurahmon Jomiy. Nomaho. – Dushanbe: Irfon, 1989. -A. Rahmonov ishtirokida.
18. Mirza Muhammad Haydar. Tarixi Rashidi / Vvedeniye, perevod s persidskogo. – Toshkent: Fan, 1990; pereizdan v Almatы v 1996. - 727 s. –v soavtorstve.
19. Pisma-avtografы iz “Alboma Navoi” – istochnik k izucheniyu nalogooblajeniya v Xorasane XV v. // Vostochnoye istoricheskoye istochnikovedeniye i spetsialnыe istoricheskiye dissiplinы. – M.: IVL, 1995. -Vыp. 3. – S. 121-157.
20. The letters of Khwaja Ubayd Allah Ahrar and his Associates persian text edited by Asom Uzunbaev, English translation with notes Joann Gross. Brill - 2002. -469. p.
21. Pisma-avtografы Xodja Axrara, kak istochnik po istorii Moverannaxra i Xorasana XV v. // Oʻzbekiston oʻrta asrlarda. Tarix va madaniyat. – Toshkent, 2003. – S. 151 – 157.
Manbalar
tahrir- Abdurazzoq Samarqandiyning Hindiston safarnomasi (1442—1444), T., 1960; Pisma-avtografi Abduraxmana Djami iz "Alboma Navoi" (Vvedeniye, perevod, primechaniya i ukazateli A.Urinbayeva), T., 1982.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |