Asos boʻyoqlar
Asos boʻyoqlar – asoslarning xossalarini namoyon qiluvchi organik boʻyoqlar. Tarkibida aminoguruhlar boʻladi. Asos boʻyoqlar turli rangli yorqin boʻyoqlar. Ular asosan qogʻoz, teri, yogʻoch 702va b.ni boʻyashda qoʻllanadi. Asos boʻyoqlar va fosfor-volframmolibden kislota tuzlari poligrafiyada keng ishlatiladi. Poliakrilonitril tolalarni boʻyash uchun qoʻllanadigan Asos boʻyoqlar juda yorqin va mustahkam boʻladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |