Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, as-bob-uskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalari)ni oʻz ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan oʻz qiymatini ishlab chiqarilgan to-varlarga asta-sekin va uzoq muddatda oʻtkazib boruvchi qismi. Asosiy kapital pul shaklida uskuna, mashina-mexanizmlar, bino-in-shootlar va boshqa jahongir iborat boʻlib, ular sotib olingan paytdagi bozor narxi bilan hisoblanadi. Asosiy kapital qiymatining bir qismi har yili mahsulotning ishlab chiqarish va sotish harajatlariga kiradi va amor-tizatsiya ajratmalari tarzida maxsus amortizatsiya fondida jamgʻariladi. Asosiy kapital hajmiga qarab mehnatning kapital bilan qurollanishi darajasini baholash mumkin (Asosiy kapital qiymati ishlovchilar soniga taqsimlanadi). Asosiy kapital tarkiban ikki qismga boʻlinadi: mehnat qurollarida gavdalangan kapital (mashina-mexa-nizmlar); ishlab chiqarishning moddiy sharoitini yaratishda gavdalangan kapital (bino, inshoot, qurilma va hokazolar). Bu qismlar nisbati ishlab chiqarishning turli sohalarida har xiddir (qarang Kapital).[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Asosiy kapital" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil