Asosiy qonun — mazmun boʻyicha „Konstitutsiya“ tushunchasiga mos keladi. Maʼlumki, konstitutsiya normalari muayyan davlatning huquqiy tizmini tashkil etuvchi boshqa barcha normativ-huquqiy xujjatlarga nisbatan oliy yuridik kuchga ega boʻlgan yagona xujjat shaklida amal qiladi. Baʼzi bir davlatlarda, jumladan Germaniyada Konstitutsiya Asosiy qonun deb yuritiladi. Asosiy qonun konstitutsiyaviy tuzumning prinsiplari, institutlari, normalari va qadriyatlariga rasman mustahkamlab qoʻyiladigan huquqning eng oliy shakli (manbai) hisoblanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi