Asosiy ton
Asosiy ton – 1) asosiy chastotalar hosil qilgan tovush toni; har qanday tovush manbai faqat asosiy chastotada te-branib qolmasdan, ayni vaqtda unga kar-rali boʻlgan yuqori chastotalar (garmoni-kalar)da ham tebranadi. Garmonikalarga tegishli tovushlar obertonlar deyiladi. 2) Musiqada – tabiiy tovushqatorning boshlangʻich (eng pastki) tovushi; Asosiy ton oʻzidan hosil boʻladigan obertonlar (to-703vush aks sadolari) uchun tayanchlik vazifa-sini oʻtaydi. 3) Akkordning eng pastki tovushi. 4) Musiqiy tuzuk(lad)ning bosh pogʻonasi. Yana qarang Tonika.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |