Asossiz boylik orttirish — qonun xujjatlari yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkga egalik qilish. Qonun xujjatlarida yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning xisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs (qoʻlga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuvchiga qaytarib berishi shart. OʻzR Fuqarolik kodeksining 1030-moddasida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi