Asoyi Kalim – Muso Kalimulloh (alayhissalom)ning moʻjizakor hassasi. Diniy manbalarga asosan, Shuayb paygʻambar (alayhissalom) Muso (alayhissalom)ga bir hassa beradi. Hassa yerga tashlanganda, ajdahoga aylanib, Firʼavn sehrgarlarining barcha jodusini oʻz domiga tortadi. Qoʻlga olinganda yana oddiy hassaga aylanib qolgan:

Ajdar emaskim, emas ajdar salim,

Balki degil oni asoyi Kalim.

(“Hayrat ul-abror”, 12-maqolat)[1][2]

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Hayrat ul-abror".