Aspiratsion jihozlar
Aspiratsion jihozlar — Havo yoki gaz tarkibini va havodagi changni tekshirish uchun namunalar oladigan mexanik qurilmalar. Sanoat korxonalari, laboratoriya Va ustaxonalarning chang, zaharli aralashma va gazlar ajraladigan sexlari va xonalaridagi havoni tozalash uchun ishlatiladi. Gaz miqdorini tekshirish uchun gaz maxsus idishga soʻrib olinadi. Chang miqdorini tekshirish uchun tekshiriladigan havo ejektor, chang soʻrgich yoki havo puflagich bilan chang qabul qilgichdagi filtr orqali soʻrib olinadi; ayni vaqtning oʻzida filtr orqali oʻtgan havo hajmi oʻlchanadi. Chang miqdori mg/m3 da ifodalanadi. Aspiratsiya (tozalash) yakka holda va markazlashgan usulda olib boriladi. Shunga qarab Aspiratsion jihozlar ham har xil boʻladi. Changdan tozalash uchun yigʻuvchi kamera, siklon va filtrlar, zararli gaz va aralashmalardan tozalash uchun esa soʻruvchi ventilyatorlar oʻrnatiladi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
Havolalar
tahrir- http://referat.arxiv.uz (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |