Asror un-nuqta
“Asror un-nuqta” (“Nuqta sirlari”) – Ali bin Shahob bin Muhammad al-Hamadoniyning risolasi. Arab tilida yozilgan. Asarda baʼzi tasavvufiy tushunchalar xatdagi nuqtalar harakatiga bogʻliq holda tahlil qilinib, ushbu bogʻliqlik orqali tasavvur aniqroq boʻlishi mumkinligiga eʼtibor qaratiladi. Alisher Navoiy ushbu asar nomini “Nasoyim ul-muhabbat”da Hamadoniy bilan bogʻliq bobda tilga oladi. Risola forsiy tilga tarjima qilinib, Sherozda (1961) nashr etilgan[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |