AsusTek Computer Inc. (xit. 華碩電腦股份有限公司 Huáshuò Diànnǎo Gǔfèn Yǒuxiàn Gōngsī; qisqacha — ASUS[3] (/eɪˈsuːs/ yoki /ɑːˈsuːs/ yoki /æˈsuːs/) — Tayvanda joylashgan kompyuter texnikalarini (tayyor mahsulotlar va ehtiyot qismilar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan transmilliy kompaniya. Asus brendi Pegasus („Pegas“) soʻzidan kelib chiqqan. Qimmatli qogʻozlar kotirovkalari: NASDAQ: AKCPF.

Asus
Turi biznes, korxona, texnologiya kompaniyasi va brend
Qachon asos solingan 1-aprel 1989[1]
Aylanma daromadi 351 330 000[2]

Tarixi

tahrir

1989-yil — markaziy platalarni (ona plata) ishlab chiqarishni boshladi. 2002-yil — ASRock shoʻba kompaniyasiga asos solindi. 2003-yil sentyabr/oktyabr — J100 mobil telefoni ishlab chiqarildi. 2005-yil sentyabr — birinchi PhysX video tezlatgichi chiqarildi (u „Ageia“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va NVIDIAʼga sotilgan). 2005-yil dekabr — TLW32001 modei bilan LCD televizor bozoriga kirdi. Mahsulot faqat Tayvan bozorida mavjud. 2006-yil yanvar — VX seriyasini ishlab chiqish uchun Lamborghini bilan hamkorlikni eʼlon qildi. 2006-yil 9 mart — ASUS Samsung va Founder bilan birgalikda oʻzini ilk Ultra-Mobile kompyuter modellari ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida eʼlon qildi. 2007-yil 5-iyun — COMPUTEX Taybey 2007 da Eee shaxsiy kompyuteri eʼlon qilindi. 2007-yil 9-sentyabr — kompyuter uchun BC-1205PT BD-ROM/DVD drayveri chiqarildi. 2007-yil 31-oktyabr — Buyuk Britaniy bozoriga moʻljallangan PDA-smartfonlari ishlab chiqarildi. 2008-yil 3-yanvar — ASUSTeK bosh kompaniyasi hamda Pegatron va Unihan shoʻba korxonalariga boʻlinib, qayta shakllantirildi. 2009-yil 4-fevral — Garmin va ASUS oʻrtasida LBS xizmatlariga yoʻnaltirilgan mobil telefonlarni birgalikda ishlab chiqish uchun Garmin-Asus alliance tuzildi..[4]

2021-yil 13-may — Kompaniya ikkita yangi flagman smartfonlarini taqdim etdi — asosiy model Zenfone 8 va Zenfone 8 Flip.

 
Asusning AQShdagi bosh qarorgohi Kaliforniya shtatining Fremont shahrida.
 
Gonkongdagi Asus doʻkoni

Ishlab chiqariladigan mahsulotlari

tahrir
  • Shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, nettoplar, Internet planshetlari;[5]
  • Kompyuter komponentlari: markaziy platalar, grafik kartalar, ovoz kartalari, optik disklar, sovutgichlar;
  • Tashqi kompyuter qurilmalari: monitorlar; tashqi xotira va optik disklar; sichqonchalar;
  • Mobil telefonlar, smartfonlar;
  • Asus routerlari.

Asus, shuningdek, Sony (PlayStation 2), Apple Inc kabi boshqa korporatsiyalar mahsulotlari uchun turli komponentlarni ishlab chiqaradi. 2010-yilgacha (iPod, iPod Shuffle, MacBook), Alienware, Falcon Northwest, Palm, Inc., HP va boshqa koʻplab uskunalar ishlab chiqaruvchilar oʻz tizimlarida ASUS markaziy platalaridan foydalangan (2008-yildan buyon bu mahsulotlarning barchasi Pegatron Corporation ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanmoqda).

2017-yil 3-noyabr kuni Asus oʻzining 18:9 displeyli birinchi smartfoni Pegasus 4S ni chiqarganini eʼlon qildi.

Markaziy platalar

tahrir

Asus markaziy platalarni nomlash uchun "shifr" tizimidan foydalanadi. Masalan, Asus P5K Deluxe/WiFi-AP nomida birinchi qism (P5K) soket turini (P5 soket 775 ga mos keladi) va foydalanilgan chipsetni (K Intel P35/G33 degan maʼnoni anglatadi), ikkinchisi (Deluxe/WiFi-AP)ni ona plata Deluxe seriyasiga tegishli ekanligini anglatadi; shuningdek, plata qoʻshimcha ravishda WiFi moduli bilan jihozlanganligiga ishora mavjud.

Manbalar

tahrir