Atanazar Raximov
Atanazar Karimovich Raximov (1971-yil 25-iyun, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.
Atanazar Raximov | |
---|---|
Tavalludi |
25-iyun 1971-yil Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Chirchiq davlat pedagogika instituti |
Taʼlimi | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirAtanazar Raximov 1971-yili 25-iyun Xorazm viloyatida tugʻilgan. 1988—1993-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti „Tabiiy geografiya“ fakultetining „Geografiya-biologiya“ taʼlim yoʻnalishini tamomlagan[1]. Mehnat faoliyatini 1993-yildan Toshkent davlat universiteti biologiya-tuproqshunoslik fakulteti „Gʻoʻza genetikasi muammolari“ ilmiy laboratoriyasida katta laborant lavozimidan boshlagan. Keyinchalik Oʻzbekison Fanlar akademiyasi Genetika ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida tahsil olgan[1]. 1998-yildan Xorazm Maʼmun Akademiyasida kichik ilmiy xodim sifatida faoliyatini davom ettirgan. 2003-yildan Oʻzbekiston Milliy universiteti genetika va sitoembriologiya kafedrasida assistent, oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent vazifasini bajaruvchi, dotsent, 2016-yildan oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini, genetika va sitoembriologiya kafedrasi mudiri, fakultetning oʻquv-uslubiy kengashi raisi hamda biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dekani sifatida faoliyat yuritgan. 2019-yildan Chirchiq davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda[1].
Oilasi
tahrirOilali, 5 ta farzandi bor[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir2006-yil 29-noyabrda Oʻzbekison Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida „Izucheniye geneticheskogo kontrolya markyornyx priznakov pri skreshivanii novyx izogennyx liniy xlopchatnika“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2012-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 2019-yil 12-martda Oʻzbekiston Milliy universitetida „Talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish („Evolyutsion taʼlimot“ fanini oʻqitish misolida)“ mavzusida doktorlik ishinihimoya qilgan[1]. 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumaladan 70 dan ortiq ilmiy maqola, oliy taʼlim muassasalarining biologiya taʼlim yoʻnalishlari talabalari uchun 3 ta darslik, 3 ta monografiya, 7 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta ilmiy jamoaviy monografiya, 3 ta uslubiy qoʻllanmalar muallifi[1].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir