Atlanta hip hop
Atlanta hip hop musiqa sahnasi boy va rang-barang bo'lsa-da, shaharning hip-hop musiqasi e'tirof etilgan va tijorat jihatdan muvaffaqiyatli bo'lgan. 2009-yilda The New York Times Atlantani „hip-hopning tortishish markazi“ deb atadi va shaharda ko'plab mashhur hip-hop va R&B musiqachilar yashaydi.
Tarix
tahrir1980-yillar va 1990-yillarning boshlarida Atlantaning hip-hop sahnasi Kilo Ali, MC Shy-D, Raheem the Dream va DJ Smurf (keyinchalik Mr.Collipark) kabi yulduzlar ishtirokida Miami's electro-driven bass music musiqa turi bilan ajralib turardi. MC Shy-D 1988-yilda DJ Toomp tomonidan ishlab chiqarilgan „Shake it“[1] kabi Atlantaga asl Bronks uslubidagi hip-hopni olib kelgan. [[Arrested Development] 1992-yilda Grammy mukofotini qo'lga kiritgan bo'lsa, Mr Wendal & People Everyday va Kris Kross o'zlarining xit qo'shig'i „Jump“ bilan g'olib chiqdilar. Tag Team guruhi o'zining debyut platina sertifikatiga ega Whoomp albomini chiqardi.[2]
1990-yillarning o'rtalariga kelib, LaFace Records ijrochilari Outkast, Goodie Mob va Organized Noize prodyuserlik jamoasining ko'tarilishi hip-hopning rivojlanishiga olib keldi. Atlanta mintaqasida „The SWATS“ („Southwest Atlanta, too strong“) mashhur atamasi 1996-yilda modaga kirdi.[3]
1990-yillarning oxiridan 2000-yillarning boshigacha prodyuser Lil Jon quvnoq va klubga yoʻnaltirilgan hip-hop bilan mashhur boʻlgan crunk deb nomlanuvchi hip-hop subjanrining asoschisiga aylandi. Shuningdek, 1990-yillarning o'rtalarida Jermaine Dupri tomonidan asos solingan leybl, Da Brat, Jagged Edge, Xscape va Dem Franchise Boyz kabi mashhurlar bilan shartnoma imzolagan.
2009 yilda The New York Times ta'kidlaganidek, 2000-yildan keyin Atlanta hip-hopning tortishish markaziga aylandi, bu xip-xop innovatsiyasining siljishiga bir turtki bo'ldi. Prodyuser Drumma Boy Atlantani „janubning erish qozoni“ (Eritma qozoni tushunchasi ko'pincha immigrantlarning Qo'shma Shtatlarga assimilyatsiya qilinishini tasvirlash uchun ishlatiladi) deb atadi.
2018-yil holatiga ko'ra, Atlanta Trap musiqasi pop musiqa jadvallarida hukmronlik qilishda davom etmoqda. 2017-yilda Atlantalik mualliflardan biri Future Billboard chartlarida birinchi o'rinni ketma-ket egalladi. Lil Yachtyning 2018-yilda chiqargan „Lil Boat 2“ relizi 2-o'rinni egalladi.
Atlanta hip-hopi ommaviy axborot vositalarining boshqa asosiy shakllariga ta'sir ko'rsatdi. Atlantada joylashgan bir qator ijodkorlar, jumladan Killer Mike va Jermaine Dupri ham mahalliy va milliy siyosiy harakatlarda ishtirok etishdi.[4]
Eng ko'p sotilgan ijodlar
tahrirMahalliy multi-platina ijodkorlari orasida Ludacris, Ciara, B.o.B, Outkast, Young Jeezy, T.I. va boshqalar o'rin olgan.
Ijodkor | Yil | Rank | Musiqa nomi | Yil | O'rni | Albom nomi |
---|---|---|---|---|---|---|
21 Savage | 2017 | 1 | Bank Account | 2016 | 1 | ISSA |
B.o.B | 2010 | 1 | Nothin' on You | 2010 | 1 | B.o.B Presents: The Adventures of Bobby Ray |
CeeLo Green | 2010 | 2 | Fuck You! | |||
Childish Gambino | 2018 | 1 | This Is America | |||
Ciara | 2004 | 1 | Goodies | 2006 | 1 | Ciara: The Evolution |
D4L | 2006 | 1 | Laffy Taffy | Down for Life | ||
Gnarls Barkley (CeeLo Green/Danger Mouse hamkorligi) | 2006 | 2 | "Crazy" | |||
Kris Kross | 1992-1995 | 1 | 4 #1 singllar | 1992 | 1 | Totally Krossed Out |
Lil Jon | 2004 | 2 | Get Low | |||
Lloyd | 2007 | 2 | Street Love | |||
Ludacris | 2003-2006 | 1 | 4 #1 singllar | 2003-2010 | 1 | 4 #1 albomlar |
Monica | 1998-1999 | 1 | 4 #1 singl | 2003 | 1 | 2 1# albomlar |
Outkast | 2000-2003 | 1 | 3 #1 singllar | 2003 | 1 | Speakerboxxx/The Love Below |
Shop Boyz | 2007 | 2 | Party Like a Rockstar | Rockstar Mentality | ||
Soulja Boy | 2007 | 1 | Crank Dat | |||
Tag Team | 1993 | 2 | Whoomp! (There It Is) | 1993 | Whoomp! (There It Is) | |
T.I. | 2006-2013 | 1 | 4 #1 singllar | 2006-2008 | 1 | 3 #1 albomlar |
The-Dream | 2009 | 2 | Love vs. Money | |||
Usher | 1998-2010 | 9 #1 singllar | 2004-2012 | 4 #1 albomlar | ||
Ying Yang Twins | 2005 | 2 | U.S.A. (United State of Atlanta) | |||
Young Jeezy | 2006-2014 | 2 | 2 #1 albomlar |
Manbalar
tahrir- ↑ Mickey Hess, Hip Hop in America: A Regional Guide: Volume 1: East Coast and West Coast
- ↑ Billboard - Google Books, 1995-09-04. Qaraldi: 2011-yil 29-mart.
- ↑ Mickey Hess, Hip Hop in America: East Coast and West Coast
- ↑ „How Atlanta rappers helped flip the White House (And they're hustling to flip the US Senate)“. CNN.