Atmosfera havosi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Atmosfera havosi — yer sharini oʻrab olgan bir necha xil gazlardan iborat havo qatlami, tirik mavjudot hamda boshqa tabiat boyliklarining mutanosibligini taʼminlovchi manba. Atmosfera havosi insoniyat, qolaversa barcha tirik mavjudotlarga hayot baxsh etadi. Shuning uchun ham u, oʻzining xususiyati bilan boshqa tabiat ob’yektlaridan ajralib turadi. Atmosfera havosi tarkibida bir qancha gazlar mavjud boʻlib, ularning asosini azot (78,1 %), kislorod (20,9 %), argon (0,9 %), karbonat angidrid (0,03 %), neon, geliy, metan, kripton, vodorod va boshqa gazlar tashkil etadi. Atmosfera havosiniifloslantirish atmosferaga ifloslantiruvchi moddani chiqarib yuborish qoidalarining buzilishi, buning natijasida havoda zaharli moddaning yoʻl quyiladigan eng yuqori miqdor konsentratsiyasining oshib ketishidir. Atmosfera havosidan foydalanish boʻyicha munosabatlar "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi OʻzR Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi