Atom vodorod yordamida payvandlash
Atom vodorod yordamida payvandlash — Metallni vodorod muhitida payvandlash. Asosiy issiqlik manbai — ikkita volfram elek¬trod orasida hosil boʻladigan elektr yeyil Yoyning yuksak (3500° gacha) harorati taʼsirida molekulyar holatdagi vodorod atomlarga dissotsiyalanadi (ajraladi) (N2-"2N) va maʼlum miqdorda issiqlik yutadi. Vodorod metall sirtiga tekkanda atomlar yana molekulyar holga oʻtib, yutgan issiqligini ajratadi va metallni yanada koʻproq qizdiradi. Dissotsiyalangan vodorod metallni himoya qiladi. Shu yoʻsinda payvandlangan metallarda (mis va uning qotishmalaridan tashqari) mustahkam va zich choklar hosil boʻladi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |