Atxam Axatkulovich Nazirkulov (tugʻ. 1966-yil 28-mart, Toshkent viloyati, Piskent tumani, oʻzbek SSR, SSSR) – 2020-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1].

Biografiyasi

tahrir

Nazirkulov Atxam Axatkulovich 1966-yili Toshkent viloyati Piskent tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 1990-yil Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Ixtisosligi – moliya va kredit.

Mehnat faoliyatini 1990-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti kafedra assistenti lavozimidan boshlagan. 1993-1999-yillarda „Oʻzdehqonsanoatbank“ AT Piskent boʻlimi bosh mutaxassisi, boshqaruvchisi, 2007-2009-yillarda „Gʻallabank“ OATB boʻlimi boshligʻi, 2009-2015-yillarda „Qishloq qurilish bank“ OATB departament boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi aʼzosi lavozimida faoliyat yuritmoqda[2][3][4].

Manbalar

tahrir