Auditor (lotincha: audiotor – tinglovchi, oʻquvchi; inglizcha: auditor) – malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs[1]. Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan boʻlsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik – huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan boʻlsa, u auditorlik tekshiruvini oʻtkazishga jalb etilishi mumkin.

Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz oʻtkazganligi, tijorat sirini[2] oshkor etganligi hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatlarida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar boʻladi. Auditor malaka serifikati jismoniy shaxsga, basharti u auditorlik tashkiloti shtatida boʻlsa yoki u bilan auditorlik tashkiloti fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan boʻlsa, auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beradi.

Manbalar

tahrir
  1. Toychiyev, N., ed (2009). "Auditor". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. p. 32. 
  2. „O‘zbekiston Respublikasining qonuni Tijotrat siri to'g'risida“. Lex.uz. Qaraldi: 10-oktabr 2023-yil.