Auditorlik tashkiloti
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Auditorlik tashkiloti — auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan yuridik shaxs. Auditorlik tashkiloti oʻz faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir. Auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralari hamda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas. Auditorlik tashkilotining rahbari faqat auditor boʻlishi kerak. Uning qonun xujjatlarda nazarda tutilgan ustav kapitali mavjud boʻlishi kerak. Auditorlik tashkilotlari OʻzR Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Adliya vazirligi Auditorlik tashkilotlarining davlat reestrini yuritadi. Auditorlik tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularning davlar reestrini yuritish tartibi qonun xujjatlari bilan belgilanadi.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi